Iqtisodiyot nazariyasi tarix va huquq

Kafedra professori X,Sodikov, dotsentlar B.E.Yo’ldoshev, R.A.Yuldoshev, assistent X,.Toychiyeva "O’zbekistonning yangi tarixi. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida" 1 jildida o’z tadkikotlari natijalari bilan katnashishdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat kurilishi Akademiyasi qoshidagi O’zbekistonning yangi tarixi markazi tomonidan tayyorlangan uch jildlik O’zbekistonning yangi tarixi kitoblarining birinchi jildi  500 dan ortik. saxifani tashkil kilgan va unda yetakchi mutaxassislarning eng so’nggi tadkikotlari natijalari o’z aksini topgan(2011yil). Kafedra professori H. Sodiqov, dotsent S.Yasneva O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda “Terrorizm taktikasi va strategiyasi” monografiyasini tayyorlashda ishtirok etishdi.(Muallif Z.Boymuxonov, mas`ul muharrir H.Sodiqov).

Kafedra professor - o’qituvchilari ilmiy-tadkikot ishlarining ikkinchi va ustuvor yunalishi - bu "O’zbekiston temir yo’li qurilishi va taraqqiyoti" deb nomlangan mavzudir. Ma`lumki, mustabid sovet davrida O’rta Osiyo temir yuli tarixi buyicha bir qator monografik tadkikotlar yaratilgan. O’nlab nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yoklangan. Ammo ularda bu mavzu yuzaki, bir yoqlama va kommunistik mafkura nuktai nazaridan yoritilgan edi. Shuning uchun ham kafedra dotsenti B.E.Yuldoshev shu mavzuni atroflicha o’rganib, uni qaytadan milliy istiklol goyasi ruxida yaratishga jazm qildi va shu yunalishda uzoq yillardan beri tadkikotlar olib bormokda. Uning eng asosiy qismi "O’rta Osiyo temir yulining imperiya va Turkiston o’lkasi iktisodidagi o’rni" sarlavxasi ostida O’zbekistonning yangi tarixi birinchi jildidan o’rin oldi.

Shuni aloxida uqtirib o’tish lozimki, dotsent B.E.Yuldoshev raxbarligida   ijodiy   gurux   shu   mavzu   buyicha   yaratilgan   adabiyotlarni tanqidiy o’rgangan xolda O’zbekiston temir yo’llari tarixi sovet davrida bir tomonlama va barcha muxim voqealar mustabid tuzum mafkurasi nuqtai nazaridan yoritilganligini ta`kidlab o’tishgan. Bu monografik tadqiqotda temir yo’llar rivojiga aloxida e`tibor berilmokda. Tadqiqotda O’zbekiston temir transportining shakllanishi, iktisodiyotda tutgan o’rni, O’zbekistonda temir yo’llar rivojlanishining geosiyosiy omillari, O’zbekiston temir yo’llari Davlat aksiyadorlik temir yo’l kompaniyasining xalqaro hamkorlik strategiyasi ochib berilmoqda. Temir yo’l transporti kadrlari tayyorlashmuammolari ko’rsatilmokda. Shu kunlarda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxividagi barcha xujjatlar yig’ilib, ilmiy jihatdan taxlildan o’tkazilmokda. Ilk bor ilmiy muomalaga kiritiladigan yangi xujjatlar O’zbekiston temir yo’llari tarixining hali ochilmagan yangi qirralarini yoritadi.

Kafedra  assistenti  I.Xolboyev  O’zbekiston, tarixining dolzarb mavzularidan biri - "30 yillarda O’zbekistonda huquq - targ’ibot organlari faoliyati"  mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini  olib  bormoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari Toshkentning 2200yillik yubileyiga bag’ishlab o’tkazilgan respublika konferensiyasida ma`ruzalar bilan qatnashishdi. R.Nosirov, B.Yo’ldoshev, X.Toychiyeva, H.Sodiqovlarning yubileyga baqishlangan maqolalari “Moziydan sado” va “Jannatmakon” jurnallarida e`lon qilindi. 

Kafedra jamoasi ilmiy tadqiqot ishlarining uchinchi yo’nalishi "Yoshlarni iqtisodiy va ququqiy tafakkurini shakllantirishva rivojlantirish" mavzusida bo’lib, bu kompleks tadqiqotlarga professor R.Nosirov rahbarlik qiladi.

Kafedra professor-o’kituvchilari kompleks tadqiqotlardan tashqari dolzarb ilmiy, siyosiy-ijtimoiy mavzularda qator maqolalar bilan respublika matbuotida chiqishlar qilishdi:      '

1. B.Yo’ldoshev "Soxibqiron merosi avlodlar yo’ldoshi", "Suxbatdosh xaftaligi" aprel 2011 yil;

2. X,.Sodiqov"Boshqaruvdasoxibqironyaratganpoydevor" "Jamiyatva boshqaruv" jurnali, aprel 2011 yil.

Shunday qilib, kafedra professor-o’qituvchilari ilmiy faoliyati O’zbekistondagi tarix va iqtisod fanlari rivojiga o’ziga xos xissa qo’shdi.

Kafedra professor-o’qituvchilarining asarlari xalqaro konkurs-ko’rgazmalarda namoyish etilgan. Xususan, professor H.Sodiqovning “Rasmlarda Vatan tarixi” kitobi (o’zbek, inglis va rus tillarida) Moskvada o’tkazilgan xalqaro konkursda (2005 y.) II darajali diplom bilan taqdirlangan.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlanib nashrdan chiqarilgan ilmiy-ommabop monografiyalar, “Amir Temur hayotidagi g’aroyibotlar” (Toshkent, 2007) “Amir Temur saltanatida xafvsizlik xizmati” (Toshkent, 2010) kitoblari respublika matbuotida “Tarix fanidagi yangi sahifa” sifatida yuksak bahoga sazovor bo’ldi.

Kafedra jamoasi O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari 20-yilligiga  “O’zbekiston qurolli Kuchlari. qadimda va hozirda” monografiyasini tayyorlashda faol ishtirok etdi. Kafedra professori H.Sodiqov loyixa rahbari sifatida O’zbekiston qurolli Kuchlarining uch ming yillik tarixini yoritishga harakat qilib o’zbek harbiy san`ati arboblari xususida talay yangiliklar yaratdi. H.Sodiqov “Turkistonning birinchi marshali” deb nomlangan tadqiqotida Alixonto’ra Sohuniy (1885-1976) hayoti va faoliyati xususida o’zbek harbiy san`ati tarixining ochilmagan qirralarini yoritdi. Turkistonning birinchi marshali kiyofasiga yangi chizgilar qo’shdi.

2010yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining topshiriqiga muvofiq kafedraga O’rta Osiyoning buyuk allomasi Abu Rayxon Beruniy hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan asar yozish topshirilgan edi. Bu vazifa 2011yilda kafedra professorlari H.J.Sodiqov va R.O.Nosirov tomonidan bajarilib, “Koinot nigoxidagi alloma” sarlovxasi ostida 13 bosma toboq xajmida kitob qolida nashr qilindi.

Kafedra professor-o’qituvchilari R.Nosirov, H.Sodiqov, B.Yo’ldoshev tomonidan talabalarning yakuniy nazorat ishlari va Davlat attestatsiyasiga tayyorgarligi uchun “O’zbekiston tarixi” fanidan uslubiy qo’llanmalar nashr qilindi.

Bundan tashqari “O’zbekiston tarixi” bo’yicha amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishga doir uslubiy ko’rsatmalar”, kredit texnologiyasi bo’yicha ta`lim olayotgan iqtisodiyot fakulteti I kurs talabalari uchun “O’zbekiston tarixidan sillabus” elektron varianti ishlab chiqildi. “Iqtisodiy nazariya” kursi bo’yicha ma`ruzalar o’tkazishga oid uslubiy ishlanma, “Makroiqtisodiyot”, “Iqtisodiy nazariya va makroiqtisodiyot” bo’yicha uslubiy qo’llanmalar tayyorlandi. “huquqshunoslik”, “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” bo’yicha ma`ruzalar tayyorlanib, “Oila huquqi” bo’yicha uslubiy ishlanmalar ishlab chiqildi.

Kafedra jamoasining  o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma`naviy-ma`rifiy faoliyati samaralari 2006 yilda institut miqyosida o’tkazilgan “Eng yaxshi kafedra” konkursida birinchi o’rinni egallashiga imkoniyat yaratdi.

Kafedra professor-o’qituvchilari ilmiy-tadqiqot faoliyatida uzoq yillardan  beri O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Bu hamkorlikning samarasi 2000yilda nashr qilingan “O’zbekistonning yangi tarixi” 1 jildi va 2011 yilda chop etilgan “O’zbekiston tarixi” 1 jildida o’z aksini topdi. Kafedra professor-o’qituvchilari shu akademiya nashri “Jamiyat va boshqaruv” jurnalida o’z maqolalari, tadqiqot natijalari bilan qatnashib kelmoqda. Professor H.Sodiqov Akademiya ixtisoslashgan kengashda rasmiy va norasmiy opponent va ekspert sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Hamkorlik: Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti, Pedagogika universiteti, Iqtisodiyot universiteti kafedralari bilan ham amalga oshirilmoqda. 

Kafedra jamoasi O’zbekiston Respublikasi Mudofa Vazirligi, Ichki ishlar Vazirligi, Milliy Xavfsizlik xizmati, Temir yo’l va Transport militsiyasi bilan ancha yillardan beri hamkorlik qilib keladi. Bu hamkorlik eng muhim ijtimoiy, siyosiy mavzularda maruzalar o’qish va ma`rifat darslari o’tkazishda o’z ifodasini topgan.

Kafedra professor-o’qituvchilari “O’zbekiston temir yo’llari” DATK targ’ibot-tashviqot guruhi (rahbari T.Matiboyev) bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligi va qurolli kuchlarining 20-yilligini nishonlash bo’yicha samarali faoliyat ko’rsatishdi.

2012yilda kafedra jamoasi O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda institutda “Vatan himoyasi-muqaddas burch” mavzusidagi ma`naviy-ma`rifiy tadbirda faol qatnashishdi. Talabalarda vatanparvarlik, fidoyilik, mardlik, yurtga sodiqlik kabi fazilatlarni shakllantirish va yanada mustaxkamlash, ularga qurolli Kuchlarimiz tarixi, buguni, kelajagi hamda armiyada olib borilayotgan islohotlar haqida ma`lumotlar berishga mo’ljallangan bu  tadbirda professor H.Sodiqov “O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlarining tarixi va buguni” mavzusida ma`ruza qildi. Tadbirda Mudofaa vazirligi xodimlari kafedra xodimlari tomonidan tayyorlangan va harbiy studiyada suratga olingan “Amir Temur harbiy san`ati” videofilmi qurolli Kuchlar bo’linmalarida keng namoyish qilinayotgani va shaxsiy tarkib o’rtasida qiziqish uyg’otayotganini mamnuniyat bilan ma`lum qilishdi.  

Kafedra professor-o’qituvchilarining ana shunday samarali faoliyati institut rektorati va boshqa direktiv organlarining qator mukofotlari bilan taqdirlangan. Xususan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011yildagi farmoyishi bilan kafedra professorlari R.O.Nosirov., H.J.Sodiqov “O’zbekiston Respublikasining 20 yilligi ko’krak nishoni” bilan mukofotlangan.      

Kafedra professor-o’qituvchilari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Ming yillik sammitida O’zbekiston Respublikasining 2015yilga qadar amalga oshiradigan vazifalari hususidagi nutqidan kelib chiqqan xolda  2015yilga qadar bajariladigan perspiktiv rejani ishlab chiqqan. Bunga ko’ra kafedra 2015yilga qadar uchta nomzodlik, bir doktorlik disertatsiyalarini tayyorlaydi. eng dolzarb mavzular bo’yicha ikkita monografiyani nashrdan chiqaradi.

Kafedra jamoasi yoshlarda tarixiy, iqtisodiy va huquqiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha yangicha texnalogiyalarni joriy etish bo’yicha samarali faoliyat ko’rsatadi. Kafedra shaxsiy tarkibini yoshartirish bo’yicha qator tadbirlarni amalga oshiradi.