Fizika

1931 yil TTYMI yaratilishi bilan birga fizika kafedrasi ham tashkil etildi. I.A. Shvedov kafedraning tashkilotchisi bo’ldi. 1931 yildan kafedrani dotsent Yakobson boshqardi. Ulug’ Vatan urushidan so’ng kafedraga malakali pedagoglar: dots. Dolmatov M.I., Karsovnik M.Z., Sogtaya Ye.P. va boshqalar keldilar. 1947 yildan boshlab kafedrada darslar ikki tilda: o’zbek va rus tillarida olib borildi. 1956 yildan kafedra shtatiga Abdusamatov X., Dusmatov S., Ismoilov N. keldilar. 1961 yildan dots. Dolmatov K.I., 1975 yiladan 1985 yilgacha dots. Domoryad I.A. kafedraga mudir bo’ldilar. 1985 yildan kafedraga professor va fan doktorlari kela boshladilar. 1985 yildan kafedraga V.M.Belenkiy keldi va kafedraga mudir bo’ldi. 1992 yildan professor M.A.Toirov va 1998 yildan f.m.f.d. M.F.Ochilov kafedra mudiri bo’ldilar.

Kafedrada mahoratli olimlar, tadqiqotchilar va mohir pedagoglar ishlaydilar. Kafedra pedagoglari haqida shuni ta`kidlash lozimki, faoliyati davomida fizika kafedrasi yuqori malakali kadrlar tayyorldashda ilg’or uslubiy markazlardan biri bo’ldi. Bu yerda pedagogika sohasidagi ko’plab ilg’or amaliyotlar ishlab chiqildi va respublika bo’ylab tarqatildi. O’zbekistoda ilk bor auditoriyalarga o’rnatilgan televizorlar (422 auditoriyada 15 ta televizor o’rnatilgan edi) orqali “TTYMI teleko’rsatuvlar markazi”da (asoschi dots.K.I.Dolmatov) darslar o’tkazildi. Kafedrada mahoratli olimlar, tadqiqotchilar va mohir pedagoglar ishlaydilar. Kafedra pedagoglari haqida shuni ta`kidlash lozimki, faoliyati davomida fizika kafedrasi yuqori malakali kadrlar tayyorldashda ilg’or uslubiy markazlardan biri bo’ldi. Bu yerda pedagogika sohasidagi ko’plab ilg’or amaliyotlar ishlab chiqildi va respublika bo’ylab tarqatildi. O’zbekistoda ilk bor auditoriyalarga o’rnatilgan televizorlar (422 auditoriyada 15 ta televizor o’rnatilgan edi) orqali "TTYMI teleko’rsatuvlar markazi"da (asoschi dots.K.I.Dolmatov) darslar o’tkazilgani fikrimizning dalilidir. Buni zamonaviy multimediyaviy ma`ruzalarning ilk ko’rinishi deb atash mumkin. Ilmiy tadqiqot laboratoriyalarida barcha laboratoriya qurilmalarini tayyorlash bilan birga ishlab chiqarish tashkilotlari, jumladan temir yo’l tashkilotlari bilan xo’jalik shartnomalari asosida ishlar bajarildi. Bu yillarda ilmiy ishlarning asosiy og’irligi dots. Gotgilf T.L., ass. Chernova L.I. va Andreevalar zimmasiga tushdi. Ilk bor kafedrada laboratoriya ishlarini bajarishning “frontal” uslubi tadbiq etildi va ko’p yillar davomida muvaffaqiyat bilan qo’llanildi. Laboratoriya ishlarini frontal (birvarakayiga) ya`ni guruhdagi talabalar har birlari bir vaqtda individiual laboratoriya ishini bajarishlari uchun 10 tadan nusxada laboratoriya ishlari tayyorlanishi fikrimizning dalilidir. 

O’quv jarayon bilan bir qatorda ionizatsiyalangan radiatsiya va lazer nurlanishning turli muhit xossalariga ta`sirini o’rganish bilan bog’liq bo’lgan ilmiy ishlar xam olib boriladi. Kafedra prof. V.M. Belenkiy va M.F. Ochilov mudirliklari vaqtida o’quv laboratoriya ishlarini yuqori darajada bajarish va lazer texnologiyalarni va ularni ishlab chiqarishda qo’llashni kengroq o’rganishga xizmat qiladigan yangi lazer asboblar bilan jihozlandi. Professor-o’qituvchilar turli xalqaro, respublika va umuminstitut miqyosida o’tkazilgan seminar, konferensiya va simpozumlarda doimiy ishtirok etdilar.

2008 yilda kafedraga t.f.d. Umarov A.V. mudir bo’ldi. Uning boshchiligida fizikani o’qitishuslubiyatini yangi pedagogik texnologiyalar asosida olib boorish keng jonlantirildi, jumladan barcha o’quv laboratoriyalar talabalarga laboratoriya ishlarini bajarishda yordam beradigan devoriy, ko’rgazmaviy, uslubiy qo’llanmalar bilan boyitildi. Fizikaning turli xildagi darslarini o’tishda “tayanch kartochkalar” dan foydalanish va multimediyaviy ma`ruzalar tadbiq etildi. 

Kafedrada fizikaning barcha bo’limlari (jumladan atom fizikasi) bo’yicha laboratoriya ishlari bajarish mumkin bo’lgan 11 ta kom`pyuter bilan jihozlangan virtual laboratoriya tashkil etildi. 

Kafedra amaliy tadqiqotlar bajarishi uchun davlat grantlarida ishtirok etdi va 2009 yildan yiliga 10 mln so’mdan iborat 3 yillik davlat grantini qo’lga kiritdi. “Qalin pardali rezistiv kompozitsion materiallarni tadqiq qilish va kompleks ishlab chiqarish” ilmiy tadqiqot ishlari boshlanmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilarining konferensiyava seminarlari faol ishtiroklarini ta`minlash maqsadida katta ishlar olib borilmoqda. Jumladan 2008-2011 o’quv yilida kafedraning 8 ta a`zosi 5 ta xalqaro, 16 ta respublika konferensiyalarida ishtirok etib, 15 ta uslubiy ishlanma, 5 ta ilmiy maqola va 52 ta ma`ruza tezislari chop etildi. Kafedraning elektron kutubxonasining yaratishishlari olib borilmoqda. Kafedra jamoasi jamoat ishlarida faol ishtirok etmoqda. 2010 yilning mart oyida kafedra bazasida Toshkent shahridagi texnika oliy o’quv yurtlarining fizika kafedralari shahar seminari o’tkaziladi va ushbu OO’Yurtlarining “Fizika kafedralari mudirlari kengashi” tashkil qilinib, TATU va TTYMI “Fizika” kafedralari bu yo’nalishdagi ishlarga baza sifatida tanlab olindi. 2011 yildan TATU va TTYMI “Fizika” kafedralari professor-o’qituvchilari texnik oliy o’quv yurtlarida fizika fani bo’yicha “o’quv uslubiy majmua” yaratish bo’yicha innovatsion loyiha ustida ish olib borilmoqda. 

2012 yilda kafedraga f.-m.f.n., dotsent Mirsalixov B.A. mudir bo’ldi. Uning boshchiligida o’qitishni yangi pedagogik texnologiyalar asosida olib borish jonlantirildi, jumladan barcha o’quv laboratoriyalarida mexanika, molekulyar fizika va elektr bo’limlariga taalluqli laboratoriya ishlari bir vaqtning o’zida barcha laboratoriya xonalarida bajarilishiga erishildi. 

Fizika fanidan I va II semester o’quv jarayoni uchun multimedia ma’ruzalar to’plami to’liq rus va o’zbek tillarida yaratildi.

Elektromagnitizm va optika bo’limlaridagi laboratoriya xonalarida laboratoriya ishlar soni ko’paytirildi. 

2013 yil kafedraga dotsent Saidov B. M., assistent Sultanxodjayeva G. Sh. va yosh mutaxassis Maxmudov A.A. lar ishga qabul qilindilar. 

2012 yilda 25 mln. so’mdan iborat 3 yillik davlat granti qo’lga kiritildi.(Elektr uzatish tarmoqlari havo tizimi va kontaktlari uchun kompozitsion polimer izolyatorlar yaratish).      

Xalqaro aloqalari: Kafedra respublika va undan tashqaridagi yetakchi oliy o’quv yurtlarining fizika kafedralari va muassasalar bilan bir qator ilmiy va pedagogik aloqalari olib borilmoqda. Masalan, A.I.Gersen nomli Rossiya davlat pedagogika universiteti “Fizika o’qitish metodikasi” kafedrasi, Peterburg davlat temir yo’llari universiteti “Fizika” kafedrasi,  O’zbekiston Milliy universiteti (O’zMU) “Umumiy fizika, Fizika o’qitish uslubi va atmosfera” kafedrasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TITU) “Fizika” kafedrasi, Toshkent Kimyo Texnologiya instituti “Fizika” kafedrasi, Toshkent arxitektura va qurilish (TAQI) “Fizika matematika” kafedrasi, Toshkent davlat pedagogika universiteti (TDPU) “Fizika” kafedrasi, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti (TIIM) “Fizika va kimyo” kafedrasi, shuningdek TDTU qoshidagi “Fan va tarraqiyot” “ilmiy-tadqiqot” markazi, Uzeltexsanoat “Mikroelektronika” ITI shular jumlasidandir.

2015 yilda 50 mln. so’mdan iborat 3 yillik davlat granti qo’lga kiritildi (Разработка полимерных металлонаполненных композиционных материалов для электротехнической промышленности).