Falsafa va siyosatshunoslik

Hozirgi kunda yosh avlodga tarbiya berish, muhandis kadrlarning ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-ahloqiy, g’oyaviy-mafkuraviy dunyoqarashlarni shakllantirish ishi bilan kafedra faxriylari va salohiyatli o’qituvchilar fan doktorlari - J.S.Ramatov, I.R. Axmedov, X.J.Xudoyqulov, dotsentlar- E. G’oyibnazarov, Z.R. Muhamedova, Sh.H. Rahmonova, M.O’. Dexkanova, A.A. Beknazarov, katta o’qituvchilar  -  Sh.R. Yusupov, M.Z. Mamadaliyeva, S.T. Sobirova,  J.D. Matkarimova, B.L. Salimov, o’qituvchilar S.V. Temirova, O.Yu. Burmistrova, R.O’.Baratovlar  samarali ravishda faoliyat ko’rsatmoqdalar.

Bugungi kunda kafedraning ilmiy, uslubiy, tarbiyaviy va ma`rifiy sohalaridagi faoliyati ham yangi bosqich pallasiga kirdi, yangilanish talablariga javob berish asosiy vazifaga aylandi. Kafedra a`zolari 2001 yildan e`tiboran "Ma`naviyat hamda uning demokratik jamiyat qurish jarayonidagi o’rni va ahamiyati" mavzusi bo’yicha umumkafedra ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar.

Bu maqsadga erishish uchun kafedra o’z faoliyati davomida ta`limga taalluqli bo’lgan Respublika Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, "O’zbekiston temir yo’llari" DATK, Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining buyruq va ko’rsatmalari, institut ilmiy kengashining qarorlari hamda rektorning buyruqlarini sifatli darajada bajarib kelmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada 10 dan ortiq fanlar o’qitilmoqda. Bu fanlarning Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan namunaviy dastur va talablar darajasida o’qitilishi barcha o’qituvchilari xormay-tolmay shug’ullanmoqdalar.

Kafedrada professor-o’qituvchilarning ilmiy-nazariy, g’oyaviy va pedagogik saviyalari hozirgi davrning ta`lim-tarbiya berish talablariga to’la-to’kis javob bera oladi, chunki ularning 62 foizini ilmiy daraja va unvonlarga ega bo’lgan fan doktori va nomzodlari, 19 foizini 20-30 yillik pedagogik tajribaga ega bo’lgan katta o’qituvchilar hamda 19 foizini o’z ilmiy va pedagogik saviyalarini oshirish bo’yicha tinmay tadqiqot ishlarini olib borayotgan yosh o’qituvchilar tashkil etadi.

Kafedra faoliyatida o’qituvchilarning malakasini oshirish doimo muhim ahamiyat kasb etib kelgan, zero hozirgi davrda ijtimoiy ongni yangilash, fanlarni zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar talablari asosida o’qitish har bir o’qituvchidan juda kata mahorat talab qiladi. Ta`lim va tarbiyaning samaradorligi esa ana shu mahorat va malakaning darajasiga bevosita bog’liqdir.

O'quv faoliyati: "Falsafa va siyosatshunoslik" kafedrasi ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi hisoblanib, 14 ta fandan dars olib boriladi. Shundan 12 tasi bakalavrning barcha yo’nalishlarida va 2 tasi magistratura mutaxassisliklarida olib boriladi. Kafedrada 29 nafar professor-o’hituvchi faoliyat ko’rsatadi.

Ilmiy faoliyati:

1. Umumkafedra tadhihot ishining bajarilish holati.

Kafedraning professor-o’qituvchilar jamoasi demokratik davlat va  fuqarolik  jamiyat qurishning dolzarb masalalari bo’yicha quyidagi 3 yo’nalishda ilmiy-tadqiqot ishlari olib bordilar:

1. Ma`naviyat hamda uning demokratik jamiyat qurish jarayonidagi o’rni va ahamiyati.

2. Kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishning ilmiy-amaliy asoslari.

3. Har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish.

Kafedra professor-o’qituvchilari umumkafedra tadqiqot ishi yo’nalishida quyidagi mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlari olib bordilar:

prof. Ramatov J.S. - Milliy g’oya, ma`naviy yangilanish va barkamol inson muammosi. 

dots. G’oyibnazarov E. Tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalashning o’zaro bog’liqligi va nisbati. 

dots. Xudoyqulov X.J. Shaxs shakllanishida zamonaviy pedagogikaning ilmiy-amaliy yo’nalishlari. 

dots. Muxamedova Z.R. "Роль духовного фактора в возрождении самосознания молодого поколения".

dots. Raxmonova Sh.K. "Влияние средств массовой информации на формирование политической культурой обществе".

kat.o’qit. Mamadaliyeva M.Z. "Моральное измерение личности и общества".

kat.o’qit. Sobirova S.T. Komil insonni shakllatirishning ahloqiy negizlari.

katta o’qit. Yusupov Sh.R. Millatlararo totuvlik va milliy diniy bag’rikenglik.

katta o’qit. Matkarimova J.D. Yuksak huquqiy ong-huquqiy demokratik jamiyat ko’rsatkichi.

ass.Temirova S.V. Vliyaniye duxovno'x sennostey na formirovaniye politicheskogo soznaniya. 

ass.Baratov R.U. Talabalarni ma`naviy-marifiy tadbirlar orqali tarbiyalashning ilmiy-amaliy asosi.

ass. Pundikova O.Yu. Lichnost v sisteme chelovecheskix vzaimootnosheniy.

2. Kafedra professor-o’qituvchilarining halqaro, respublika va institut miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtiroki.

3. Nomzodlik dissertatsiyalariga opponentlik qilish, ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlarga taqriz yozish.

4. Iqtidorli talabalar bilan ishlash va "Yosh tadqiqotchi" to’garagining  faoliyati haqida.

5. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha xulosa sifatida quyidagilarni aytish mumkin.

1. 2010-2011 o’quv yilida kafedra professor-o’qituvchilari halqaro, respublika, institut miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda maqola va tezislar bilan ishtirok etdilar va 98 ta  maqola va ma`ruza tezislarini chop ettirdilar.

2. 2010-2011 o’quv yili davomida kafedra professor-o’qituvchilar itomonidan ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlarga 35 ta yozma taqrizlar berildi.

3. Kafedra o’qituvchilari rahbarligida talabalar tomonidan tayyorlangan maqolalar talabalar ilmiy anjumanida eshitildi, muhokama qilindi va chop etildi.

4. Kafedradagi ilmiy-tadqiqot ishlarining borishi muntazam ravishda  nazorat qilib borildi va kafedra majlislarida muhokama qilindi.             

5. Kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlari rejalashtirilgan hajmda bajarildi va ularning  natijalari o’quv jarayoniga tadbiq etib borilmoqda.

Ilmiy-uslubiy faoliyat: Kafedraning o’quv-uslubiy ishlari 2011-2012 o’quv yilida "Ta`lim to’g’risidagi" qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablari asosida tuzilgan reja bo’yicha olib borildi. Shundan kelib chiqqan holda  professor-o’qituvchilarning diqqat-e`tibori o’tilayotgan ma`ruza va amaliy mashg’ulotlarni yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida olib borishni ta`minlovchi uslubiy baza yaratishga qaratilgan. O’quv yili davomida o’quv- uslubiy faoliyat asosan uchta yo’nalishda amalga  oshirildi:

1. Dars jarayonining samaradorligini oshirish uchun o’qituvchi tomonidan puxta ishlab chiqilgan me`yoriy hujjatlar (ishchi dastur, kalendar-tematik reja, fanlar bo’yicha savolnomalar, test va sinov varaqalari, reyting kartalari va h.k.) bilan ta`minlash. 

2. Yuqori samara beradigan interfaol va pedagogik texnologiyalarni qo’llash bo’yicha turli xildagi uslubiy tavsiyalar, ko’rsatmalar, qo’llanmalar yaratish asosida dars jarayonining uslubiy bazasini yaratish.

3. Professor-o’qituvchilarning o’quv jarayoniga yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalarini joriy qilish bo’yicha bilim va mahoratlarini oshirish.

Har uchala yo’nalish bo’yicha kafedrada quyidagi ishlar qilindi:

1. Kafedrada o’qitiladigan 12 ta fan bo’yicha ishchi dasturlar, kalendar-tematik rejalar, savolnomalar, test va sinov varaqalari, mustaqil ishlar mavzulari ishlab chiqildi. Shuningdek kafedra o’qituvchilari o’z fanlari bo’yicha tayyorlagan o’quv-uslubiy majmualarni takomillashtirmoqdalar.

2. O’quv jarayoni va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy adabiyotlar bazasini yaratish.

3. Professor-o’qituvchilar bilimi va mahoratini oshirish bo’yicha ilmiy-uslubiy seminarning faoliyati.

4. Ta`lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilishi.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’quv yili davomida fanlar bo’yicha elektron darsliklar, multimedia ma`ruzalari, oraliq va yakuniy nazorat bo’yicha test paketlari yaratilib, institut Axborot texnologiyalari markaziga topshirildi. Jumladan, prof.J.S.Ramatov, S.T.Sobirovalar "Falsafa" fanidan (9ta mavzu), dots.X.J.Xudoyqulov "Kasb psixologiyasi" fanidan (19ta mavzu), dots.Raxmanova Sh.K. "Sotsiologiya" (9ta mavzu), "O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti" (8ta mavzu), "Politologiya" (9ta mavzu) fanlaridan, dots.Muxamedova Z.R. "Ma`naviyat asoslari" (9ta mavzu), "Maaniyatshunoslik" (9ta mavzu) fanlaridan, dots.Dexkanova M.O’. "Kasbiy ta`lim metodikasi" (17ta mavzu), "Pedagogika.Psixologiya" (17ta mavzu) fanlaridan, katta o’qituvchi Mamadaliyeva M.Z. "Filosofiya" (9ta mavzu), "Logika" (3ta mavzu), "Estetika" (3ta mavzu) fanlaridan multimedia ma`ruzalari tayyorlab, institut ATM ga topshirildi. 

Kafedrada o’qituvchilari shuningdek 12 ta fan bo’yicha oraliq nazorati uchun 50 tadan test to’plami, yakuniy nazorat uchun  100 tadan test to’plami tayyorlab, institut Axborot texnologiyalar markaziga kiritdilar. Shunday qilib, kafedrada 2011-2012 o’quv yilida belgilangan ilmiy-uslubiy ishlar rejasi to’liq amalga oshirildi.

Tashkiliy-uslubiy faoliyati: Kafedraning tashkiliy-uslubiy ishlar yo’nalishlari bo’yicha 2011-2012 o’quv yilida kafedra professor-o’qituvchilari bu ishlarning rejasini bajarish bo’yicha quyidagi ishlarni amalga oshirdilar:

Barcha o’qituvchilar o’quv yilining boshida tasdiqlangan shaxsiy rejada belgilangan tashkiliy-uslubiy ishlarni  o’z vaqtida bajardilar.

Barcha professor-o’qituvchilar tomonidan o’zaro darslarga qatnashish va taqriz yozish, talabalarning mustaqil ishlariga rahbarlik qilish, kafedraning  majlislarida faol qatnashish, ochiq darslarni tashkil etish va namunali o’tkazish ishlari tashkiliy-uslubiy ishlar tarkibiga kiradi.

O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining 2012 yil 22 noyabr  454-sonli "Oliy ta`lim muassasalarida maxsus kurs o’qitishni tashkil etish to’g’risida"gi  va  2012 yil 11 yanvar 9-sonli buyruqlariga binoan  hamda institut rektorining 2012 yil 18 yanvar 11-U sonli buyrug’i asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" kitobini o’rganishga bag’ishlangan maxsus kurs hamda institut rektorining 2012 yil 23 may 146-U sonli buyrug’i asosida bakalavriat 1,2,4 kurslari va magistraturaning 1,2 kurslarida Prezident I.A.Karimovning  "2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi"  ma`ruzasini o’rganish bo’yicha maxsus kurs  kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan muvafaqqiyatli olib borildi.

Innovatsion korporativ hamkorlik natijalari haqida. Korporativ hamkorlik shartnomasi doirasida quyidagi shlar amalga oshirildi:

1. Hamkorlik ish rejalari kafedralarda o’tkazilgan qo’shma yig’ilishlarida muhokama etildi va tasdiqlandi.

2. Kafedralar o’rtasida ilmiy-uslubiy ishlar, ilmiy konferensiyalardagi ishtirok bo’yicha kelishib olindi.

3. Kafedralardagi yosh mutaxassislar malakasini oshirish masalalarida o’zaro tajriba almashishga kelishib olindi.

4. Istiqboldagi ilmiy konferensiyalar hamda ilmiy tadqiqot ob`ektlari aniqlab olindi.

5. O’quv uslubiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda olib borish va natijalarini o’quv jarayoniga tadbiq etish masalalari kelishib olindi.

6. Talabalar ilmiy to’garaklar faoliyati bo’yicha  tajribalar almashildi.

7. Ilmiy-va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash masalalari bo’yicha imkoniyatlar atroflicha o’rganildi va hamkorlikda amalga oshirish tomonlariga e`tibor qaratildi.

8. Amalga oshirilishi lozim bo’lgan innovatsion korporativ hamkorlik natijalarini amaliyotga tadbiq etishda  o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma`naviy-ma`rifiy va tarbiyaviy faoliyatlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqligi lozim, deb topildi.

9. Bugungi kunda  ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan isloxotlar, kadrlar masalasi, professsor-o’qituvchilarning pedagogik qobiliyati xamda pedagogik maxoratini oshirish vazifalari ham atroflicha ko’rib chiqildi.

Ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy faoliyati: "Falsafa va siyosatshunoslik" kafedrasi talaba-yoshlar ongida odob-axloq, ma`naviy-ma`rifiy dunyoqarashni shakllantirishda yetakchi kafedra hisoblanadi. Shuning uchun o’quv yili mobaynida ma`naviy-tarbiyaviy ishlarni zamon talabi darajasida olib borish kafedra professor-o’qituvchilari faoliyatining diqqat markazida bo’ldi.

Reja asosida kafedrada ma`naviy-ma`rifiy va tarbiyaviy sohada quyidagi ishlar amalga oshirildi:

1. Kafedra a`zolari 17.08.2011 yilda "Sarakul" m.f.y. raisi X.A. Avazova, "Al-Badr" jom`e masjidi imomi Odilxoji Xolmurodov va 34 nafar mahalla faollari hamda ToshTYMI 1-prorektori B.S.Zokirov, J.S.Ramatov, E.H.G’oyibnazarov, Sh.R.Yusupov, R.O’.Baratovlar "O’zbekistonning 20 yillik taraqqiyot yo’li" mavzusida o’tkazilgan davra suhbati olib bordi.

2. Kafedra professor o’qituvchilari ilk darslarda "Buyuk va muqaddassan mustaqil Vatan" mavzusida mustaqillik soatlari olib bordilar. Ushbu mavzu ishchi dastur va kalendar reja asosida amalga oshirildi.

3. Kafedramiz a`zolari 30.09.2011 yil 3-sonli TTJning ma`naviyat xonasida 35 nafar talaba ishtirokida "Ustozning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni" mavzusida davra uchrashuvi o’tkazdi. Davra suhbati davomida ustozlarni madh etuvchi she`rlar ham o’qib eshittirildi.

4. Kafedrada 2011 yil 5 oktyabrda 5-sonli majlisda institutning odob-axloq qoidalari kafedra jamoasida ko’rib chiqildi va bayonnoma tuzildi. Bunda institutda odob-axloq qoidalari nizomi bilan barchani yaqindan tanishtirildi. Kafedra a`zolari majlis so’ngida bir ovozda institutda odob-axloq qoidalarini to’la o’zlashtirishga va o’z mas`ulitini his qilgan holda faoliyat olib borishga kelishib olishdi.

5. 08.10.2011 yil aynan shu TTJda kafedramizning yuqori malakali professor-o’qituvchilari "Yoshlar ongida g’oyaviy immunitetni shakllantirish orqali yod g’oyalarga qarshi kurashish" mavzusida keng miqyosda davra uchrashuvi o’tkazib, talabalarga hozirgi tahlikali davrda mavjud buzg’unchi g’oyalar va ularning g’arazli niyatlari hamda ularga qarshi kurashishning eng samarali usullari haqida ma`lumot berdilar. Davra suhbati savol-javoblarga boy bo’ldi.

6. 21.10.2011 yilda kafedra jamoasi 1-sonli TTJda "Til millat ko’zgusi" mavzusida davra suhbati o’tkazdilar. Bu tadbir O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan o’tkazildi. Tadbirda talabalar tomonidan turkiy tilda ijod qilgan mutafakkirlar asarlaridan namunalar eshitildi.

7. 18.11.2011 yil 3-sonli TTJda kafedra a`zolari talabalar ishtirokida "Tadbirkorlik - davr talabi" mavzusida davra suhbati o’tkazdilar. Tadbirda talabalarga mamlakatimizda yosh tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar xususida batafsil ma`lumot berildi.

8. 06.12.2011 yil yana 3-sonli TTJda jamoamiz talabalar bilan "qomusimizda demokratik mezonlar" mavzusida davra suhbati o’tkazdik. Tadbirdan ko’zlangan maqsad talabalarni huquqiy ongini shakllantirish va ularda mamlakatimizda mavjud me`yoriy hujjatlarga mas`uliyat bilan yondashishga o’rgatishdan iborat edi.

9. Kafedra rejasiga muvofiq 12.12.2011 yil institutimizning 80 yillik yubileyi arafasida kichik majlislar zalida "Temir yo’l mening hayotimda" mavzusida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvga faxriy temiryo’lchilar, temir yo’l tizimida rahbar lavozimlarda faoliyat olib borayotgan o’rta avlod vakillari va yosh iqtidorli temiryo’lchilar taklif etildi. Ushbu tadbirda 45 nafar magistrlar, barcha fakultet dekan va dekan muovinlari hamda barcha prorektorlar ishtirok etdi.

10. 12.01. 2012 yilda institut kichik majlislar zalida Toshkent oliy umumqo’shin qo’mondonlik bilim yurti ofitseri B. To’rayev boshchiligidagi kursantlari ishtirokida "Vatan himoyasi - muqaddas burch" mavzusida tadbir o’tkazdi. Tadbirda prorektor B.S. Zokirov, J.S. Ramatov, podpolkovnik B. To’rayevlar so’zga chiqib, O’zbekiston mudofaasiga doir ma`ruzalar o’qidilar.

11. 17.02.2012 yil 3-sonli TTJda kafedra a`zolari talabalar bilan "Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning shakl va uslublari" mavzusida davra suhbati o’tkazdilar. Tadbirda yoshlar ongini zaharlovchi turli diniy, dunyoviy g’oyalarni singdirishga urinayotgan kuchlar mavjud ekanligi vav ularga qarshi ma`naviyat va ma`rifat bilan kurashish lozimligi haqida ma`lumotlar bnrildi.

12. Kafedramiz tashabbusi bilan  talabalar ishtirokida 17. 04. 2012 yilda Yunusobod tumanidagi 21-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, u yerda bolalarga konsert dasturini namoyish qildi. Konsert so’ngida mo’`jaz dasturxon yozilib, bolalarga esdalik sovg’alar ulashildi.

13. Kafedramizda tashkil etilgan iqtidorli talabalar to’garagi a`zolaridan tashkil topgan 8 kishilik "Afrosiyob" jamosi 30.05.2012 yilda Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida "Tafakkur sinovlari" bellashuvida ishtirok etib, faxrli 3-o’rinni egallab qaytdi.

14. 31.05.2012 yilda institut kichik majlislar zalida "Adolat" SDP qonunchilik palatasi fraksiyasi ishtirokida "Tarixiy xotira va ma`naviy taraqqiyot" mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi.   

15. Kafedra professor-o’qituvchilari  ma`naviy-ma`rifiy sohaga doir O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, vazirliklar qaror va buyruqlarini jamoatchilikka yetkazish maqsadida turli tashkilotlarning so’rovnomasiga muvofiq ma`ruzalar o’qidilar. Jumladan:

Hamkorlik aloqalari: "Falsafa va siyosatshunoslik"kafedrasi 2012-2013 o’quv yilida bir qator Oliy o’quv yurtlari bilan xususan, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlet Pedagogogika Universiteti, Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitetining "Falsafa", "Politologiya va Sotsiologiya", "Pedagogika va psixologiya" kafedralari bilan hamkorlik aloqalari o’rnatilgan. Joriy o’quv yilida ham boshlangan hamkorlikning davom ettirilishi rivojlantirilmoqda.

O’tgan o’quv yilida hamkorlik ishlarini olib borgan mas`ul kishilar bu o’quv yilida ham o’z ishlarini davom ettirmoqdalar:

TDPU-"Pedagogika, psixologiya" kafedrasi bilan - M.O’. Dexqonova; "Falsafa" kafedrasi bilan - J.S.Ramatov; TDIU-"Pedagogika, psixologiya" kafedrasi bilan - X.J.Xudoyqulov; "Falsafa" kafedrasi bilan - S.T.Sobirova; O’zMU-"Pedagogika, psixologiya" kafedrasi bilan - R.O’.Baratov, O.Yu.Burmistrova; "Falsafa fan metodologiyasi" kafedrasi bilan - M.Z.Mamadaliyeva; "Politologiya va Sotsiologiya" kafedrasi bilan - Sh.H.Raxmonova, J.D.Matkarimova; Ijtimoiy falsafa" kafedrasi balan - Sh.R.Yusupov.