Elektr aloqa va radio

O’quv faoliyati: "Elektr aloqa va radio" kafedrasi: 5522200 - “Telekommunikatsiya” yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarni 1999 yildan, 5111300 - “Telekommunikatsiya” 2011 yildan  tayyorlay boshladi. 2004 yildanesa 5140900 - “Kasbiyta`lim” (Telekommunikatsiya), 2011 yildan  5111000 - “Kasbtalimi” (Telekommunikatsiya) yo’nalishlarigahamqabulbo’lmoqda. 2001 yildan 5A522210 - "Temir yo’l transportida aloqa tizimlari va tarmoqlariga xizmat ko’rsatish" va 2011 yildan 5A311301 -  "Axborot uzatish qurilmalari va tizimlari" magistratura mutaxassisiligi bo’yicha kadrlarni tayyorlab kelmoqda.

Kafedrada xozirgi vaqtda 15 ta shtatdagi professor-o’qituvchilardan 1 tasi fan doktori - professor, 7 tasi fan nomzodi dotsentlar, 3 ta katta o’qituvchi, ulardan 2 tasi texnika fanlari nomzodi, 4 ta assistent.

Kafedrada o’qitiladigan fanlar ro’yxati quyidagilar

Bakalavriaturada:

1. Elektr zanjirlari nazariyasi.

2. Elektronika.

3. Ma`lumotlar uzatish asoslari.

4. Elektronika va elektron qurilmalar.

5. Elektrmagnit maydonlar.

6. Axborot taqsimlash nazariyasi.

7. Temir yo’l aloqa asoslari.

8. Shemotexnika.

9. Aloqa liniyalari.

10. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish.

11. Avtomatik kommutatsiya aoslari.

12. Temir yo’l transportida radioaloqa.

13. Radioaloqa va televideniye asoslari.

14. Elektraloqa nazariyasi.

15. Diskret axborot uzatish.

16. Radiotexnik tizimlar nazariy asoslari.

17. Mobil aloqa tizimlari.

18. Raqamli kommutatsiya tizimlari.

19. Ko’p kanalli telefon aloqa.

20. Temir yo’l aloqasi mahsus o’lchovlar.

21. Tezkor telefon aloqa.

22. Temir yo’l transportida telefon aloqa.

23. Radioelektron jihozlarining ishonchliligi.

24. Temir yo’l telekomunikatsiya asoslari, aloqa tizimlari va liniyalari.

25. Mutaxassislikka kirish.

Magistraturada:

1. Avtomatik kommutatsiya tizimlari telefon va telegraf uzatish nazariyasi.

2. Tezkor texnologik telefon aloqa.

3. Aloqa tizimi nazariyasi va axborotlarni diskret uzatish.

4. Radioelektron jiqozlarni ta`mirlash.

5. Avtomatik kommutatsiya tizimlarini ta`mirlash.

6. Texnologik radioaloqa va televideniye.

7. Ko’p kanalli uzatish tizim.

8. Radioelektron jihozlarni ta`mirlashda nostandartligi.

9. Tola-optikali aloqa to’rlari.

10. Mahsus fanlarni o’qitish metodikasi.

11. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi.

Ilmiy-tadqiqot ishlari: Kafedra professor-o’qituvchilari davlat byudjeti bo’yicha quyidagi mavzularda ilmiy izlanishlar olib boradilar:

1. P.30. “Temir yo’l transportida aloqa vositalarini takomillashtirish”.

2. Talabalar bilimini tekshirishda kompyuterda reyting nazorat tizimini tashkil etish.

3. Tola-optikali kabelda va raqamli uzatish tizimi yordamida DATK “O’TY” aloqa qismlarida birlamchi to’rlarni ishlab chiqish.

4. «Dispetcher turli tezkor telefon aloqasi kanallarida telefon yuklamalari parametrlarining tahlili».

Bundan tashqari xo’jalik shartnomalari asosida ham quyidagi mavzularda ilmiy-izlanishlar olib borilmoqda:

1. Magnit maydoni ta`sirida suvni zararsizlantirishni kompleks tizimi.

2. Kontaktli ulab uzgichni radio-boshqaruvi.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 40 dan ortiq mualliflik guvohnomasi va 20 dan ortiq patentlar olingan. Ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari Toshkent, Angren va boshqa shaharlarning korxonalarida tadbiq etildi. 2012 yil mobaynida kafedraning professor-o’qituvchilari 18 ta o’quv-uslubiy ishlar, 28 ta ilmiy maqolalar va talabalar tomonidan 21 ta maqolalar tayyorlangan.

Professor Xoliqov A.A. rahbarligi ostida yuqori malakali, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash amalga oshirilib borilmoqda. Oxirgi uch yil davomida shogirdlardan G.Sh. Abidova, S.S. Xoliqov va R.M. Aliyevlar nomzodlik dissertatsiyasini yoqladilar. Shu qatori J. Karimov, O.X. O’roqov shogirdlar ham yetishib chiqmoqda. Dotsent I.K. Kolesnikov qo’l ostida ikki shogird N.V. Yaronova, J.F. Qurbanov ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Tashkiliy - uslubiy ishlari: Hisobot yilida, 5111000 - “Kasb ta`limi” (Telekommunikatsiya) yo’nalishi va 5A311301 - “Axborot uzatish qurilmalari va tizimlari” magistratuta mutaxassisligi bo’yicha takomillashtirilgan davlat ta`lim standarti tuzildi. Bular asosida esa laboratoriya jihozlari va asbob uskunalari, xonalar bo’yicha standartlar tuzildi. O’quv-uslubiy majmualar elektron va qog’oz shaklida hamma fanlar bo’yicha tuzildi.

Kim D. V., Aynakulov E.B., Kolesnikov I.K., Mannapov A.N., Buzrukxonov A.A. TDTU qoshidagi Oliy injenerlik pedagogika institutida “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” yo’nalishi bo’yicha, Umarov F.F. Toshkent axborot texnologiyalari institutida “Axborot texnologiyalari” yo’nalishi bo’yicha, Djurayev A.V. esa O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste`dod” jamg’armasida “Innovatsion texnologiyalar”, “Yuksak ma`naviyatli barkamol shaxs mezonlari”, “Axborot texnologiyalari va masofali o’qitish” va “Barkamol avlodga yo’naltirilgan milliy tarbiya texnologiyasi” mavzulari bo’yicha maxsus dastur asosida tashkillashtirilgan kurslarida malakalarini oshirib keldilar.

Kafedra mudiri Kadirov O.X. Xitoy halq Respublikasi Fan va Texnika Vazirligi qoshidagi “Fakel” yuqori texnologiyali ishlab- chiqarishni rivojlantirish Markazi va Markaziy Osiyo ilmiy-texnika va iqtisodiyot axboroti Markazi tomonidan tashkil etilgan “Texnoparklarni bunyod etish va texnologiyalar halqaro transferi” halqaro seminarida 13-27 may 2012 yilda qatnashib sertifikatini qo’lga kiritdi.    

Ma`naviy-ma`rifiy va tarbiyaviy ishlari: Kafedrani ma`naviy-ma`rifiy ishlari bajarilgan va turli tadbirlarni o’tkazishda ToshTYMI bo’yicha o’qituvchilar faol qatnashdi. Kafedra professor-o’qituvchilarining ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar bo’yicha qilingan asosiy ishlarini quyidagicha ifodalash mumkin:

1. Ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar OO’MTning namunaviy rejasi asosida kafedrada ishlab chiqildi. Ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish bo’yicha zarur chora tadbirlar ma`naviy bo’lim ko’rsatmalariga asosan tashkil etildi.

2. Murabbiylik guruhlarida muntazam ravishda “Ma`naviyat va axborot soatlari”, talabalar yotoqxonasida, haftada bir marotaba kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan “Ma`naviyat kuni” o’ztkazib boriladi. Talabalar yotoqxonasida “Kafedra kuni”da kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo’yicha, tasdiqlangan reja asosida, Buyuk sarkarda sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kuniga bag’ishlab, Informatsion texnologiyalarni XXI asrdagi roli, 7 may “Radio” kuniga bag’ishlangan, Diniy ekstremizm va o’ta zararli ta`siri, talabalarda huquqiy ong va huquqiy burchni tarbiyalash, jahon matbuot erkinligi va radio kuni, Temir yo’lda tezkor texnologik aloqaning ahamiyati, Shaxs kamolotida oilaning o’rni, Temir yo’l transporti aloqa tizimlarida optik-tolali kabellardan foydalanish istiqbollari, ma`naviyat qadriyatlarimizning shaxs kamolotidagi muhim o’rni va boshqa mavzularda jonli ma`ruza va suhbatlar tashkil etildi.     

3. Murabbiylik guruhlarida sog’lom muhitni ta`minlash maqsadida murabbiylar tomonidan tegishli ishlar amalga oshirildi: Bunda talabalar orasida hamjihatlik, o’zaro hurmat, umumiy maqsadga intilish, shikoyatbozlik, maxalliychilik holatlarini oldini olishga e`tibor beriladi. Tadbirlar rejasi guruhlarda ma`naviy-ma`rifiy ishlarning namunaviy tizimi asosida tuzildi.

4. Murabbiylar talaba-yoshlarni yetuk ma`naviyatli va ma`rifatli, o’z kasbining mohir mutaxassislari etib tarbiyalashda Toshkent temir yo’l muhandislari instituti “Murabbiylar haqida”gi Nizomni asosiy dastur etib olganlar. Professor-o’qituvchilar undagi umumiy qoidalar, murabbiylarning vazifalari, murabbiylik ishini tashkil qilish, murabbiylarni tanlash va tayinlash tartibi, murabbiylik faoliyatining asosiy yo’nalishlari, murabbiy huquqlarini yaxshi biladilar.

5. Kafedrada ustoz-shogird tizimi faoliyati yo’lga qo’yilgan.

6. Kafedra bo’yicha huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlari kuzatilmagan, diniy ekstremizm va terrorizm oqimiga kirib qolganlar kuzatilmagan. Professor-o’qituvchilar, hodimlar va talabalar tomonidan huquqbuzarlik, tartibsizlik va jinoyatchiliklar sodir etilmagan.

7. Talabalar bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida kafedrada to’garaklar tashkil etilgan.

To’garaklar darsdan tashqari paytlarda faoliyat olib boradi. To’garaklar faoliyatidan maqsad talabalarni intelektual salohiyatini yanada oshirish, talabalarni bo’sh vaqtlarini mazmunan boyitib borish. Xozirgi kunda kafedrada quyidagi to’garaklar faoliyatlar olib bormoqda: Radioelektronika va kompyuter qurilmalari va tizimlarda telekommunikatsiyadan foydalanish; Radioelektron maketlari, personal kompyuter va interfeys qurilmalari.

8. Talabalr turar joyida ichki tartib qoidalari mavjud hamda ma`namiy-ma`rifiy va tarbiyaviy ishlar uchun talabalar qiziqishi va istaklaridan kelib chiqqan holda shakillantirilgan va bunda ma`sul hodimlar faoliyati namunaviy tashkil etilgan. “Ma`naviyat va ma`rifat” dam olish xonalari mavjud va yotoqxonadagi ishlar belgilangan “Nizom” asosida tashkil etilgan.

9. Institut ichki buyruqlari va Ilmiy kengash qarorlari o’z vaqtida bajariladi, belgilangan tartibda hisobotlar o’z muddatida taqdim etiladi.

Xalqaro aloqalari: Kafedra quyidagi temir yo’l universitetlari va institutlari bilan xalqaro aloqaga ega: Moskva, Sankt-Peterburg, Qozog’iston.