Buhglateriya hisobi va audit

Kafedra 1961 yilda ochilgan bo’lib "Moliyalashtirish va hisob" deb nomlangan, 2001 yildan boshlab "Buxgalteriya hisobi va audit" deb nomlangan. Kafedra ochilgandan boshlab O’zSSRda xizmat ko’rsatgan fan arbobi professor Silayev N.I. kafedra mudiri lavozimida ishlagan.

O’tgan 50 yil davomida  i.f.n. dotsent Sayko L.I., i.f.n. dotsent Gladkova L.A., i.f.n. dotsent Zakirova G.T., i.f.n. prof. Tashmuradov T.T., i.f.n. dotsent Ismailxodjayev A.I. kafedra mudiri lavozimida ishlashgan. Uzoq vaqt davomida kafedrada temir yo’lda xizmat ko’rsatgan i.f.n. dotsent, O’rta Osiyo temir yo’llari moliyaviy xizmat boshlig’i  Artemyev S. A.; i.f.n. dotsent Bakushkina O. V., i.f.n. dotsent Besedina A.P.,  i.f.n. dotsent Shafeev Sh. G., i.f.n. dotsent Batrikov V.A., i.f.n. dotsent Shumlyayev A., katta o’qituvchilar: Antonnikova Z. I., Piven V. A., Radjabova J. Sh., Pinxasova L.X., Nishanbayev X. Z., Selivyorstova T.I. domlalar dars bergan.

"Buxgalteriya hisobi va audit" yo’nalishi bo’yicha bitiruvchi kafedra hisoblanadi. "Buxgalteriya hisobi va audit" yo’nalishi bo’yicha ilk bitiruvchilar 1970 yilda bo’lgan. Xozirgi kunda kafedrada 12ta domla ishlamoqda , bulardan 5tasi iqtisod fanlari nomzodi - dotsent Sultanova S.M., Zakirova G.T., Tayshiyev A.M., Baxoldina O.Ya., Abdibayeva T.X. , 3 ta katta o’qituvchi -  Igamberdiyeva K., Yuldasheva M.M., Mirbabayeva D.M. i  6 ta  assistent -  Turayev F.K., Djumanova A.B., Babaxanova N.U., Boymatov A.A., Raupov A., Ismailova N.Ya. va 2ta ko’makchi yordamchi xodimlar o’quv jarayoni va boshqa turdagi kafedra faoliyatida xizmat ko’rsatadi

Kafedrada o’quv amaliy buxgalteriyani o’qitish, bulardan talabalarni amaliyotni o’rganishda zamonaviy buxgalteriya programmalaridan (BEM, UZTO, 1S Predpriyatiye) foydalanilgan holda buxgalteriya hisobi,  hamda,  moliyaviy va soliq hisobi va avtomatlashtirish fanlari olib boriladi.

Kafedra ishida katta e`tibor ilmiy - metodik darslik yozishga qaratilgan. O’tgan yillar davomida professor Silayev N.I qo’l ostida OTMlar uchun 8ta darslik va temir yo’l transporti texnikumi uchun 1ta monografiya nashr etgan.

Darsliklarni mualiflari kafedra professor - o’qituvchilari va "O’TY" DATKning yetakchi mutaxasislari: "O’TY" DATK "Moliyaviy boshqaruv va buxgalteriya hisobi" bo’lim boshlig’i Abdullayeva F.K., "O’TY" DATK "Strategik rivojlanishni boshqarish va prognozlashtirish" bo’lim boshlig’i i.f.n. Babaxalov N.E.,  kafedra o’qituvchilari: i.f.n. dotsent Baxoldina O.Ya., katta o’qituvchi Piven V. A., Sayko L. I. va boshqalar.  

Kafedra o’qituvchilarining o’quv faoliyati talabalarni  iqtisodiy tayyorgarligini uzluksiz oshirib borishdan iborat. Buning uchun barcha fanlar bo’yicha metodik qo’lanmalar , kurs ishi proyektorlari va bakalavr va magistrlik disertatsiyalarini yozish bo’yicha qo’llanmalar chop etilgan.

Talabalarni mustaqil ishlashlari uchun kafedra o’qituvchilari tomonidan ko’plab metodik qo’llanmalar chop etilgan.

Dars berish jarayonida ko’plab inovatsion usullardan foydalaniladi. Shu maqsadda yetakchi fanlar bo’yicha kafedra muammoli ma'ruzalar olib boriladi, amaliy mashg’ulotlarni o’tish uchun masalalar to’plami yaratilgan, metodik rivojlantirish va multimediyada maruzalarlar o’tish yo’lga qo’yilgan.

Barcha fanalardan maruzalar o’qishda zamonaviy inovatsiyalardan foydalanilagan holda domlalar dars berishadi. Domlalarni muntazam yangiliklar bilan ta`minlab malakalarini oshirib turishadi.

Kafedra o’qituvchilari tomonidan quyidagi mutaxasislik "Ish yuritish", "Mutaxasislikka airish", "Temir yo’l transporti statistikasi", "Buxgalteriya hisobi nazariyasi", "Iqtisodiy taxlil nazariyasi", "Statistikaning umumiy qoidalari", "Buxgalteriya hisobi va audit", "Makrostatistika", "Temir yo’l xo’jalik faoliyati tahlili", "Moliyaviy tahlil", "Moliya", "Temir yo’l transporti moliyasi", "Temir yo’l transporti moliyaviy va boshqaruv hisobi", "Soliq va soliqqa tortish", "Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish", "Sug’urta ishi" fanlari zamonaviy multimediya va kompyuter texnologiyalari bilan ta`minlangan auditoriyalarda oldib boriladi.

Kafedra o’qituvchilari tomonidan fakultet domlalari va "O’TY" DATK Buxgalterlarni muntazam ravishda malakalarini oshirish bo’yicha ma`ruzalar olib boriladi.

Kafedra "Buxgalteriya hisobi  va audit" yo’znalishi bo’yicha 5340900 "Buxgalteriya hisobi va  audit" yo’nalishi bakalavriat. O’tgan yillar davomida 3500 dan ortiq buxgalterlar tayyorlangan. Barcha bitiruvchilar "O’TY" DATK korxonalarida ish bilan ta`minlangan.

Kafedra kolekktivi "O’TY" DATK korxonalari va "Moliyaviy boshqaruv va buxgalteriya hisobi" bo’limi bilan aloqalar tuzgan. Bunday aloqalar kafedra ilmiy ishini yuritishda va ma`lumotlarni olishda qulayliklar yaratadi.

Kafedra quyidagi yo’naltshlar moliyani mukammallashtirish va buxgalteriya hisobi, soliq siyosatini mukammallashtirish, moliyaviy - iqtisodiy ko’rsatkichlarni izlash va tesurslarni tejash bo’yicha ilmiy izlagnish ishiga ktta ahamiyat qaratilagan.