Qurilish fakultetining tarixi va faoliyati

Qurilish fakulteti 1931 yil, ya'ni institut tashkil bo'lgan vaqtidan faoliyat ko'rsatadi. Birinchi bitiruvchilar 75 kishi bo'lib 1934 yilda fakultetni tamomlagan.

Fakultetga 1931-1934 yilda K.Desyatov, 1934-1937 yilda M.T.Ershov, 1937-1953 yilda dotsent Pogorelko, 1953-1954 yilda dotsent F.P.Zaysev raxbarlik qilishgan. Fakultetni tiklashda X.V.Muzaffarovning xizmatlari katta.

Ilmiy-pedagogik mutaxasislarning shakllanishida va ularni tayyorlashda, o'quv jarayonini takomillashtirishda, quruvchilar safini orttirishda fakultet dekanlari: I.A.Odilxo'jayev (1954-1967), B.U.Uzakpayev (1967-1993 yillar) katta xissa qo'shdilar. 1993 yildan 2004 yilgacha fakultetga dotsent A.F.Rasulev, dotsent M.Yu.Do'stmuxamedov, dotsent Zokirov B.S. raxbarlik qilganlar.

1932 yilda qurilish fakultetida 3 ta: "Yo'l va temir yo'llar qurilishi", "Qurilish mexanikasi", "Geodeziya" kafedralari bo'lgan. 

Xozirgi kunda fakultetda 7 kafedra mavjud. Kafedralarda darslarni oliy darajadagi 119 nafar o'qituvchi olib boradilar. Ulardan 12 nafari professor, 44 nafari dotsent, 16 nafari katta o’qituvchi, 47 nafari assistentlardir. Professor-o'qituvchilar tarkibini asosan fakultetni bitirganlar tashkil etadi.

Fakultet quyidagi yo’nalishlarda bakalavrlar tayyorlaydi:

  • 5340200 Bino va inshootlar qurilishi(temir yo’l binolari)
  • 5340200 Bino va inshootlar qurilishi(temir yo’llar)
  • 5340400 Muhandislik kommunikatsiyalar qurilishi va montaji (temir yo’l transportida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari)
  • 5340600  Transport inshootlarining ekspluatasiyasi (temir yo’llar)
  • 5111000 Kasbiy ta’lim (5340600- Transport inshootlarining ekspluatasiyasi (temir yo’llar))

Fakultetda quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha magistrlar tayyorlanadi.

  • 5A 340201 Bino va inshootlar qurilishi (temir yo’l transporti binolari)
  • 5A 340203 Infratuzilma ob’ektlarini qurish (temir yo’l)
  • 5A 340205 Ko'priklar va tonellar va metropolitan qurilishi (ko'priklar va tonellar)
  • 5A 340401 Suv ta'minoti, kanalizasiya suv resurslarini muxofaza qilish va ulardan samarali foydalanish
  • 5A 340601 Temir yo’ldan foydalanish va temir yo’l xo’jaligi
  • 5A 340602 Transport inshootlaridan foydalanish ((ko'priklar va tonellar)

Magistraturani bitiruvchilar ilmiy-tekshirish tashkilotlarida, institutlarda, loyixalash institutlarida yetakchi mutaxassisliklar bo'yicha ishlash imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Fakultet o'quv jarayoni bilan uzviy bog'lash, bakalavr muxandislar saviyasini yuqori pog'onaga oshirish, ularni ilmiy-tekshirish va pedagogik ishlarga jalb qilish, amaliy va labaratoriya mashg'ulotlarini ishlab chiqarishda o'tkazish maqsadida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ, "Ko'prik qurilishi tresti", Toshkent shahar xokimiyati qoshidagi "Suv-soz" DUKda kafedra bo'limlarini tashkil etilgan.

Fakultetda xar yili 200 dan ortiq bitiruv malakaviy ishlari 5 ta yo'nalish bo'yicha himoya qilinadi. Bitiruv malakaviy ishlarining 70-80% ishlab-chiqarish buyurtmasiga ko'ra bajariladi. Bitiruv malakaviy ishlarga taqrizlarga ishlab-chiqarishdan yetakchi mutaxassislar jalb qilinadi.

Bitiruv malakaviy ishlari himoyasi "Ko'prik qurish shirkati", "O'zbekiston temir yo'llari" AJ, "Suv-soz" trestida o'tkaziladi.   Fakultetni bitirganlar xalq xo'jaligimizning turli sohalarida ishlaydilar. Fakultetning birinchi bitiruvchilaridan Ye.I.Kulikov sobiq SSSR ning transport qurilish vazirligining Glavbomstroyida boshliq o’rinbosari vazifasida, V.K.Qabulov – UZSSR F.A. akademigi, Ye.N.Nasritdinova – UzSSR oliy soveti rayisi, E.A.Odilxo'jayev, A.E.Odilxo'jayev – instituti rektori (TTYMI), R.D.Stepanov, J.S.Pereselenkov, V.I.Tixomirov, R.S. Zakirov, R.K.Mamajonov va boshqalar texnika fanlari doktorlaridir.