Litsey

TA’LIM YO‘NALISHLARI:

1. Aniq fanlar (texnika)

Matematika, fizika hamda ona tili va adabiyot fanlari chuqurlashtirilib o‘qitiladi.

2. Xorijiy filologiya (ingliz tili)

Ingliz tili, tarix hamda ona tili va adabiyot fanlari chuqurlashtirilib o‘qitiladi.

Ta’lim muassasasining yuridik manzili:

100005, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi, 12-uy.

Telefon:

(8-371) 291-14-07, 291-40-47

Web-sayt:

www.ttymi2al.zn.uz

Elektron manzili:

Bu e-Posta adresi istenmeyen posta engelleyicileri tarafından korunuyor. Görüntülemek için JavaScript etkinleştirilmelidir.

Akademik litsey to‘g‘risida umumiy ma’lumot:

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti qoshidagi 2-sonli akademik litsey litseyi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazining 31 may 2007 yildagi 96-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan. Akademik litseyning umumiy sig‘imi 540 o‘rinni tashkil qiladi. Akademik litseyda 3 qavatli o‘quv binosi va bir qavatli sport zal mavjud. Akademik litseyda “Aniq fanlar” va “Xorijiy filologiya” yo‘nalishlarida malakali pedagog kadrlar ta’lim berib kelmoqda. Akademik litsey pedagog-xodimlari va o‘quvchilar uchun alohida litsey formasi joriy qilingan. O‘quvchi-yoshlarning ta’lim tarbiya olishi uchun etarlicha shart-sharoitlar yaratilgan, jumladan, kompyuter va lingafon xonalari zamon talablariga mos ravishda jihozlangan. Akademik litsey o‘quvchilari doimiy ravishda fan olimpiadalarida hamda respublika miqyosida o‘tkazilayotgan sport musobaqalarida doimiy ravishda qatnashib faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda.

“Abiturient shtabi”

Akademik litsey bitiruvchilarini Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichi 2014-2015 quv yilida 58,8%ni tashkil qildi. OTMlar uchun tayyorgarligini amalga oshirish maqsadida akademik litsey qoshida “Abiturient shtabi” tashkil etilgan. Bu shtabga oliy ta’lim muassasalarining tajribali professor-o‘qituvchilari jalb etilgan.

Quyidagi Oliy o‘quv yurtlari bilan xamkorlik o‘rnatilgan:

  • Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti;
  • Toshkent davlat texnika universiteti.
  • O‘zbekistogn Davlat jahon tillari universiteti.

TA’LIM YO‘NALISHLARI:

1. Aniq fanlar (iqtisod)

Matematika, ingliz tili hamda ona tili va adabiyot fanlari chuqurlashtirilib o‘qitiladi.

2. Aniq fanlar (texnika)

Matematika, fizika hamda ona tili va adabiyot fanlari chuqurlashtirilib o‘qitiladi

Ta’lim muassasasining yuridik manzili:

100167, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Odilxo‘jaev ko‘chasi 1-uy.

Telefon:

(8-371) 283-31-82, 299-04-80

Web-sayt:

www.tashiit.uz

Elektron manzili:

Bu e-Posta adresi istenmeyen posta engelleyicileri tarafından korunuyor. Görüntülemek için JavaScript etkinleştirilmelidir.

Akademik litsey to‘g‘risida umumiy ma’lumot:

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti qoshidagi Mirobod akademik litseyi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 6 avgustdagi F-1045-sonli farmoyishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 1999 yil 10 avgustdagi 240-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. Mirobod akademik litseyi binosi 4 qavatli bo‘lib, sig‘imi 600 o‘quvchiga mo‘ljallangan. Bugungi kunda Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti qoshidagi Mirobod akademik litseyida jami 61 nafar pedagoglar faoliyat yuritmoqdalar.

“Abiturient shtabi”

Akademik litsey o‘quvchilarini Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tayyorgarligini amalga oshirish maqsadida akademik litsey qoshida “Abiturient shtabi” tashkil etilgan. Bu shtabga oliy ta’lim muassasalarining tajribali professor-o‘qituvchilari jalb etilgan.

Quyidagi Oliy o‘quv yurtlari bilan xamkorlik o‘rnatilgan:

  • Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti;
  • Toshkent davlat texnika universiteti.