Tillar

Kafedra institut tashkil etilgan yili ochilgan. Birinchi bor kafedra «Tillar» deb atalib, rus, ingliz, fransuz va nemis tillarini o’z ichiga olgan. 1947-1977 yillari f.f.n. dots., F.A. Markanova boshqargan. Kafedrada tajribali o’qituvchilardan: L.N. Stesun, S.A. Mixaylov, Ye.I. Seleznyova, F.A.Markanova, A.M. Averyanova, T.M. Shapkina, I.V. Alekseeva, V.A. Bokovseva, J.E. Gutermaxer, O.T. Kudabekova, V.V. Tixonov, I.A.Lavrik, M.N. Buyeva va boshqalar ishlagan.

1977-2011 yillari kafedrani: f.f.d. G.G. Gafurova (1977-1994 yillari), f.f.n. dots., M.G. Kamilova (1994-2010 yillari), M.A. Kanoatova (1996-2001 yillari), f.f.n. dots. G.Sh. Muxitdinova (2001-2010 yillari) va 2010 yildan boshlab kafedrani kata o’qituvchisi K.I.Guseynova boshqarib kelgan. 2014 yildan xozirgi kungacha kafedrani G/S/Mustayeva boshqarmoqda.

Chet tillarni o’qitish  sifatini  yaxshilash maqsadida 1998 yilda «Tillar» kafedrasi chet tillari, o’zbek va rus tillari kafedralariga bo’linib, ularni f.f.n. dots. G.Sh. Muxitdinova  va f.f.n. dots. M.G. Kamilovalar boshchilik qilishgan.

O’zbek va rus tili kafedrasi, keyin esa «Tillar» kafedrasi a’zolari tomonidan «Texnik oliy o’quv yurtlarida tillarni o’qitishning dolzarb muammolari mavzusidagi o’tkazilgan amaliy konferensiya «Ta’lim to’g’risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturning qabul qilinganing 10-yilligiga bag’ishlandi.(2008y.) Respublikada ko’p bosqichli ta’limda tillarni o’qitishning uzviyligi muammosi konferensiyaning (anjumanning) asosiy vazifasi bo’lib xizmat qildi.

2012 yilda esa «Tillarni o’qitish jarayonida ilmiy uslubni o’rgatish muammosi» mavzusidagi ilmiy-uslubiy anjuman o’tkazildi, unda Respublika texnik oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari faol ishtirok etdilar.

2010 yilda institut rektorining buyrug’iga binoan ikki kafedra «O’zbek va rus tillari» va «Chet tillari» kafedrasi birlashtirilib, «Tillar» deb ataldi. Kafedra mudiri etib K.I. Guseynova tayinlandi.

2014 yildan kafedraga yosh mutahassis Mustaeva G.S. rahbarlik qila boshladi.Uning rahbarligi ostida kafedrada tasdiqlangan reja asosida o’qituvchilar hamda qiziqishiga sabab bo’layotgan turli tadbirlar o’tqazilmoqda. Uslubiy yo’nalishdagi ishlar jonlandi, kafedra o’qituvchilari o’z ishlarini respublikaning akademik miqyosidagi hamda chet el nashrlarida chop ettirmoqdalar. (Xalkova L.U., Kamilova M.G., Tashpulatova M.A.). “Kaliforniya” Xalkova L.U., va “Individual Differenciated Approuch in Teaching Foreign Languages in not language high schools” Kamilova M.G., Tashpulatova M.A.

Mustaeva G.S. rahbarligi ostida kafedra o’qituvchilari  “ O’zbekiston Temir Yollari”  DATK ning 20 yilligiga bag’ishlangan  kompaniyaning xalqoro bo’limi hamda institute tomonidan o’tqazilgan  “Chet tillarni ‘qitish va ularning temir yo’l transporti tizimidagi ahamiyati ” mavzusidagi seminarni tashkil etish hamda o’tkazishda qatnashdilar.

 “Tillar” kafedrasining faoliyati.

Kafedrada bakalavr va magistrlarni tayyorlashga katta e’tibor qaratiladi. Institut rahbariyati tashabbusi bilan Yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash sharoitlarida ishlatiladigan zarur uslubiy adabiyotlar jamlangan kompyuter sinflar, maxsus auditoriyalar bilan jixozlangan. Kafedrada doimiy multimediya darslari va prezentatsiyalarni o’tkazish uchun multimediya auditoriyalari mavjuddir.

Bo’lajak mutaxassislarni sifatli tayyorlash (maqsadida) – kafedra ijodiy ishlarga katta e’tibor qaratadi; jumlardan: birinchi bosqichdan 4-bosqichgacha chet el ilmiy-texnik adabiyoti bilan mustaqil ishlash ko’nikmalari singdiriladi, talabalar ilmiy-uslubiy konferensiyalarga jalb etiladi, bundan tashqari qisman diplom ishlarini himoya qilishga tayyorlaydi. Ular fan olimpiadalarining Respublika bosqichida faol ishtirok etadilar. Kafedra qoshida xorij adabiyotining kichik kutubxonasi tashkil etilgan, auditoriyada va auditoriyadan tashqari ishlarda qo’llash uchun video va audio o’quv disklari sotib olingan.

O’zbekiston respublikasi turdosh OO’Yuning xorijiy tillar kafedralari bilan aloqalarni mustahkamlashga katta e’tibor beriladi, jumladan: Tashkent Davlat Texnika Universiteti, O’zbekiston jahon tillari Universiteti, Avtomobil yo’llarini loyihalash, qurish va  ekspluatatsiyasi instituti va x.k.

         «Tillar» kafedrasi institutning jamoat ishlarida faol ishtirok etadi, talabalar bilan taniqli olimlar, yozuvchilar va temir yo’l transporti sohasidagi korxona rahbarlari bilan ijodiy uchrashuvlarini tashkil etadi. Talabalar ishtirokida o’zbek, rus, ingliz tillarida sahnalashtirilgan kechalar uyushtiriladi. Har yili «O’zbek tili» bayrami umuminstitut miqyosida o’tkaziladi. Muntazam  Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur tavallud topgan kunlariga bag’ishlangan tadbirlar, shuningdek, «Kelajak temir yo’li», «OITS-XXl asr vabosi», kabi tadbirlar o’tkazildi. O’qituvchi va talabalar institutning tantanali kechalarida, institut tomonidan o’tkaziladigan sport musobaqalarida ishtirok etishadi, o’rganiladigan mamlakatlar va bizning mamlakatning muhim kunlariga bag’ishlangan tematik konferensiyalar o’tkazishadi.

Institut kutubxonasi zamonaviy chet tillariga doir darsliklar va kafedra a’zolari tomonidan ishlab chiqilgan adabiyotlar bilan boyitilgan. Kafedraning mutaxassis kafedralar bilan birgalikda professor A.I. Odilxo’jayev muharrirligida, 2008 yilda «Fan» nashriyotida chop etilgan “tTemir yo’l atamalarining ruscha-o’zbekcha o’quv lug’ati” ko’p yillik mehnat natijasi hisoblanadi. Bu ish mutaxassis kafedralarda mutaxassisliklar bo’yicha o’quv izohli lug’atlar shaklida davom etmoqda. 2009 yilda filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.G. Kamilova, assistentlar N.A. Radjapova, M.R. Zakirova tomonidan nashr etilgan «Пособие по русскому языку» o’quv qo’llanma «2010 yilning Eng yaxshi darsligi va o’quv qo’llanmasi» tanlovida sinovdan o’tib, mualliflarga mualliflik guvohnomalari va 1-darajali diplom olindi.

Kafedrani yoshartirish bo’yicha ma’lum ishlar olib borilmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilarining o’rtacha yoshi 41 yoshni tashkil etadi. Barcha o’qituvchilar doimiy ravishda o’zlarining kasbiy va pedagogik malakalarini oshirish ustida tinmay ishlaydilar.

Kafedra o‘qituvchilari tarkibi

Mustaeva G.S.

kafedra mudiri

Tel: +99871 299 02 33 Email: mgulyas00@gmail.ru

Kamilova M.G.

dotsent

Tel: +99871 299 04 79

Filimonova L.Yu

assistent

Tel: +99871 299 04 79

Toshpulatova M.A.

assistent

Tel: +99871 299 04 79

Mamajonova G.X.

assistent

Tel: +99871 299 04 79

Kurbanova M.M.

assistent

Tel: +99871 299 04 79

Saydivalieva B.S.

assistent

Tel: +99871 299 04 79

Xalikova L.U.

assistent

Tel: +99871 299 04 79

Ismatullaeva I.I.

assistent

Tel: +99871 299 04 79

Miraxmedova Z.E.

assistent

Tel: +99871 299 04 79

Mirobidova M.A.

assistent

Tel: +99871 299 04 79

Achilov O.R.

assistent

Tel: +99871 299 04 79

Nazarov R.I.

assistent

Tel: +99871 299 04 79

Yo‘ldasheva D.M.

assistent

Tel: +99871 299 04 79

Abduraxmonova Z.Yu.

assistent

Tel: +99871 299 04 79

Qurbonova I.Sh.

assistent

Tel: +99871 299 04 79

Ataeva G.B.

assistent

Tel: +99871 299 04 79

Raxmanova Yu.X.

assistent

Tel: +99871 299 04 79

Atadjanova S.B.

assistent

Tel: +99871 299 04 79

Sheralieva D.A.

assistent

Tel: +99871 299 04 79

Yo‘ldasheva M.B.

assistent

Tel: +99871 299 04 79

Abdullaeva R.R.

assistent

Tel: +99871 299 04 79

Radjapova N.A.

assistent

Tel: +99871 299 04 79

Qosimova D.K.

assistent

Tel: +99871 299 04 79

Izzatullaeva N.J.

assistent

Tel: +99871 299 04 79

Amanlikova N.R.

assistent

Tel: +99871 299 04 79