Temir yo‘l transportida avtomatika va telemexanika

“Temir yo’l transportida avtomatika va telemexanika” kafedrasi “Temir yo’l transportida avtomatika, telemexanika va aloqa” kafedrasi tarkibida 1961 yilda faoliyatini boshladi. Kafedraning birinchi mudiri Qozon temir yo’lida bosh muhandis lavozimida ishlagan A.A. Plotnikov bo’ldi. Uning rahbarligida kafedraning ilk laboratoriyalari yaratilgan. 1964 yili “Temir yo’l transportida avtomatika va telemexanika” kafedrasi alohida kafedra sifatida ajralib chiqdi va kafedra mudiri bo’lib A.V. Gudkov faoliyat yuritdi. Keyingi yillarda kafedra mudiri lavozimida katta o’qituvchi A.V.Meystrik, dotsentlar V.E.Korotkevich, F.A.Nazarov, G.R.Raxmetov, V.G.Strokov, SH.R.Xorunov, professor N.X. Bazarovlar xizmat ko’rsatishdi. Ular kafedraning moddiy-texnik bazasini rivojlanishiga katta hissa qo’shishdi. 2006 yildan kafedrani texnik fan nomzodi, dotsent A.R.Azizov boshqarib kelmoqda.

Kafedraning laboratoriya bazasini rivojlanitirishda L.S.Xlizov i dotsent YU.A.Smolyanitskiylar katta xissa qo’shishdi. Keyinchalik dotsent F.A. Nazarov tomonidan laboratoriya bazalari boyitildi. Dotsent V.G.Strokov rahbarligida “Dispetcherlik markazlashtirish”, “Elektr manba ta’minoti”; dotsent M.M.Aliyev, YU.A.Smolnitskiy va YU.A.Polevoy rahbarligida “Avtoblokirovka va avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi”; dotsent G.R.Raxmetov tomonidan “Avtomatikaning nazariy asoslari”, “Diskret qurilmalar”; dotsent SH.R.Xorunov rahbarligida “Temir yo’l transportida maxsus o’lchovlar”, dotsent A.R.Azizov rahbarligida “Temir yo’l transportida mikroprotsessorli qurilmalar va boshqaruv tizimlari”, bundan tashqari komp’yuter xonasi tashkil qilindi. Professor-o’qituvchilar mul’timediaviy o’rganish kurslarini yaratish va kafedradagi fanlar bo’yicha o’quv qo’llanmalar yozish borasida faol ishlar olib bormoqdalar.

2005 yili “O’zbekiston temir yo’llari” DATK Signalizatsiya va aloqa markazi rahbarlari o’quv jarayonida foydalanish uchun kafdera ixtiyoriga DISK-B qurilmasini taqdim etdi.

Kafedra a’zolari doimiy ravishda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar bilan shug’ullanib keladi. Ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy yo’nalishi tejamli texnologiyalar, temir yo’l avtomatika va telemexanika mikroprotsessorli qurilmalari va boshqaruv tizimlarini yaratish, ularni tashqi ta’sirlarga chidamliligini tekshirish va murakkab elektrotexnik tizimlarni tadqiq etish hisoblanadi.

Kafedraning ilmiy izlanish natijalari DATK  “O’zbekiston temir yo’llari”da tadbiq etilgan. 1998 yil V.G.Strokov rahbarligida akkumulyator manbasisiz doimiy tok rel’s zanjiri va akkumulyator manba tizimisiz doimiy tok avtoblokirovka ishlab chiqildi. Hozirgi vaqtda bu tizimlar Ko’ng’irot, Buxoro, Urganch, Qarshi signalizatsiya va aloqa distansiyalarini 590 km peregonida qo’llanilgan. Ushbu tizim tadbig’i 70 ming AQSH dollari miqdori iqtisodiy foyda keltirdi. Mavzu bo’yicha izlanishlar davom etmoqda va akkumulyatorsiz rel’s zanjirlari stansiyalarda ham qo’llanila boshlanmoqda.

2008 yil dotsent A.R.Azizov rahbarligida “LUCH” dispetcherlik markazlashtirish tizimi chiziqli punktida telenazorat signalini shakllantirish va teleboshqarish signalini dekodlash bo’yicha mikroprotsessor qurilmasi ishlab chiqildi.

Kafedra a’zolari O’zbekiston temir yo’llarida tez yurar hududlar uchun me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda faol qatnashmoqda. Rossiya Federatsiyasining temir yo’l sohasidagi ilg’or universitetlari bilan hamkorlik tufayli kafedraning yosh o’qituvchisi D.X.Baratov Peterburg Davlat temir yo’l universiteti aspiranturasini tamomladi va nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Kafedra assistentlari A.Fadeyev va SH. YUldashevlar Moskva Davlat temir yo’l universiteti aspiranturasida tahsil olmoqdalar.

Kafedra o’qituvchilari tomonidan o’nlab ilmiy maqolalar bosmadan chiqarildi, ixtiroga mualliflik huquqi va patentlar olindi. Kafedraning ilmiy izlanishlarida talaba va magistrantlar jalb qilinmoqda.

Kafedra o‘qituvchilari tarkibi

Xalikov Abdulxak Abduxairovich

kafedra mudiri, professor

Tel: +99871 299 00 36

Aripov Nazirjon Mukaramovich

professor

Tel: +99871 299 04 93 Email: aripov1110@gmai.ru

Azizov Asadulla Raximovich

dotsent

Tel: +99871 299 00 42

Gayubov Talgat Nuritdinovich

dotsent

Tel: +99871 299 00 38 Email: gayubov@tashiit.uz

Zokirov Voxidjon Maripovich

dotsent

Tel: +99871 299 06 92

Aliev Ravshan Maratovich

dotsent

Tel: +99871 299 00 38 Email: elerneletoile_6@yandex.ru

Mamedova Zarema Inoyatovna

katta o‘qituvchi

Tel: +99871 299 03 34

Mirsagdiev Orifjon Alimovich

dotsent

Tel: +99871 299 06 92

Yaronova Natalya Valerovna

dotsent

Tel: +99871 299 06 92

Abidova Gulmira Shuxratovna

dotsent

Tel: +99871 299 06 92

Ruziev Davron Xasanovich

assistent

Tel: +99871 299 00 38 Email: ruziyevddd@gmail.com

Shakirova Feruza Fayzitdinova

katta o‘qituvchi

Tel: +99871 299 03 34 Email: Jana_Fera@list.ru

Sadikov Azamat Nematullaevich

assistent

Tel: +99871 299 00 38 Email: azamat723@mail.ru

Saitov Aziz Azimovich

assistent

Tel: +99871 299 00 38 Email: azizsaitov85gmail.com

Boltaev Sunnatillo Tuymuratovich

katta o‘qituvchi

Tel: +99871 299 00 38 Email: sunnat_3112@list.ru

Ubaydullaev Saidazim Qaxramon o‘g‘li

assistent

Tel: +99871 299 00 38 Email: saidazim.ubaydullaev@.ru

Bekbaev Gamzat Allaudinovich

assistent

Tel: +99871 299 06 92

Xusnidinova Nozima

assistent

Tel: +99871 299 06 92