Talabalar xujjatlari

Talabalik guvohnomasi - bu sizning shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bo'lib, barcha zarur holatlarda undan foydalanishingiz mumkin.

O'quv guvohnomasi institut Axborot Resurs Markazining barcha bo'limlari xizmatidan foydalanish huquqini beradi.

Talabalar turar joyi ruxsatnomasi institut Talabalar turar joyida yashovchilar uchun beriladi.

Sinov daftarchasi - asosiy o'quv hujjati bo'lib, unda butun o'qish davrida o'tilgan barcha fanlarning reyting baholari, bajarilgan kurs ishlari va loyihalari o'z aksini topadi.

Hujjatlaringizni ko'z qorachig'idek asrang, undan begonalarni foydalanishiga yo'l qo'ymang. Hujjatlar yo'qolib qolganda, zudlik bilan dekanatga yoki Talabalar shaharchasi direksiyasiga xabar bering. Yodingizda tuting, hujjatlarning dublikatini olish siz tomoningizdan sodir bo'lgan vaziyatni tushuntirish va qo'shimcha xarajatlar qilish bilan bog'liq bo'ladi.