Talabalar majburiyatlari

Hurmatli talaba, bularni doimo yodda tuting:

  • tanlagan ixtisosligi bo'yicha chuqur nazariy bilim olish, bo'lg'usi kasbi bo'yicha amaliy ko'nikmalar hosil qilish;
  • oliy ta`limning o'quv reja va ta`lim dasturlarida belgilangan barcha vazifalarni o'z vaqtida va sifatli bajarish;
  • institut professor o'qituvchilari, o'quv-yordamchi xodimlari va boshqa ishchilarining mehnati va qadr-qimmatini hurmat qilish;
  • ta`lim olish jarayonida jamiyatning axloqiy prinsiplariga, ma`naviy qadriyatlarimizga, qonun talablariga, o'zaro munosabatlarning yuksak talablariga javob beruvchi qoidalariga qat`iy amal qilish;
  • o'quv fanlaridan a`lo baholarga o'zlashtirishi hamda o'quv yurtida o'tkazilayotgan har bir tadbirlarda faol ishtirok etish. 
  • rahbariyat tomonidan beriladigan topshiriqlarni o'z vaqtida va sifatli bajarishi lozim. O'rnatilgan kun tartibiga qat`iyan rioya etish. 
  • institut Ustavi va ichki tartib qoidalariga, talabalar turar joyida yashash qoidalariga qat`iy va so'zsiz amal qilish;
  • jamiyatda o'zini tutish madaniyati darajasini yuksaltirishga hamda ma`naviy va jismoniy jihatdan komillikka intilish, institut obro'-e`tiborini yanada yuksalishiga erishish;
  • institut mulklariga ehtiyotkor va tejamkor munosabatda bo'lish, ularga qasddan yoki ehtiyotsizlikdan ziyon yetkazmaslik, ziyon yetkazgani taqdirda zarar o'rnini o'rnatilgan tartibda qoplash, ashyolarni auditoriyadan yoki binodan tashqariga olib chiqmaslik;
  • institut hududida, bino ichida, yo'laklarda, auditoriyalarda sanitariya qoidalariga rioya qilish, ifloslantirmaslik, tamaki chekmaslik;
  • kiyinish madaniyatiga rioya qilish, diniy ibodat kiyimlarida yurmaslik, bezak va taqinchoqlarga hirs qo'ymaslik. Tashqi ko'rinishi va yomon xulq-atvori bilan boshqalardan ajralib turmasligi, axloq-odob normalariga so'zsiz bo'ysunishi;
  • institut hududida, auditoriyalarda, axborot resurs markazi xonalarida, rasmiy yig'ilish va uchrashuvlarda temiryo'lchilar uchun belgilangan kasb kiyimida, faslga monand ravishda kiyinib yurish;
  • institut hududida uyali aloqa vositalarini “ovozsiz” rejimga o'tkazish; 
  • o'quv mashg'ulotlari chog'ida uyali aloqa vositalarini to'liq o'chirib qo'yish va ruxsatsiz foydalanilmaslik. Faqat favqulodda vaziyatlarda (kasallik yuz berishi va boshqa hollarda) ota-onasi yoki boshqa yaqinlariga xabar berish uchun aloqa vositasidan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin.
  • talaba o'ziga yuklatilgan majburiyatlarni buzgani taqdirda, institut ma`muriyati talabiga ko'ra, yozma tushuntirish xatini taqdim etish;
  • to'lov-kontrakt asosida ta`lim olishda, o'qish uchun to'lov pulini o'z vaqtida, shartnomada belgilangan muddatlarda, to'laligicha qoplash;
  • talabalar turar joyida yashash uchun to'lovni o'z vaqtida amalga oshirish. Institutda o'quv mashg'ulotlari, belgilangan tartibda tasdiqlangan o'quv rejasi asosida tuzilgan dars jadvali bo'yicha olib boriladi. Dars jadvali bir semestr uchun tuziladi va semestr boshlanishidan 10 kundan kechiktirmay osib qo'yiladi. Fakultativ mashg'ulotlar o'tkazish uchun alohida jadval tuziladi. Institutda ta`lim dasturlarini o'zlashtirish “Oliy ta`lim muassasalari talabalari bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to'g'risidagi nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi.

Talabalar o'qishda yuqori ko'rsatkichlarga erishganligi, ilmiy-tadqiqot ishlari va institut ijtimoiy hayotida faol ishtiroki uchun turli shakldagi moddiy yoki ma`naviy rag'batlantiriladi. 

Talaba o'ziga yuklatilgan, institut Ustavi va Ichki tartib qoidalarda nazarda tutilgan, majburiyatlarni buzgani taqdirda, unga nisbatan intizomiy jazo choralari, jumladan, institut talabalari safidan chetlashtirish va talabalar turar joyidan chiqarishgacha bo'lgan choralar ko'rilishi mumkin, 

Sog'lig'i holatiga ko'ra va boshqa istisno etuvchi hollarda, talabaga ta`limni boshqaruvchi vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda akademik ta`til berilishi mumkin.