Talabalar huquqlari

  • tanlagan ta`lim yo'nalishi(mutaxassisligi) bo'yicha, davlat ta`lim standartlariga muvofiq, sifatli va yuqori saviyada bilim olish;
  • institut faoliyatiga tegishli muhim masalalarni muhokama qilish va hal etishda, belgilangan tartibda institut jamoat tashkilotlari va boshqaruv organlari orqali, ishtirok etish;
  • institut axborot-resurs markazida mavjud bo'lgan kitoblar, davriy nashrlar, elektron ta`lim vositalaridan, hamda institutning o'quv, ilmiy, tibbiyot, sport va boshqa bo'limlarining xizmatlaridan belgilangan tartibda foydalanish; 
  • ilmiy-tadqiqot ishlarida va ilmiy konferensiyalarda qatnashish, ilmiy ishlarini nashr ettirish uchun taqdim etish;
  • institut va fakultet miqyosida o'tkaziladigan madaniy-ma`rifiy, sport-sog'lomlashtirish va boshqa tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilish va o'tkazishda ishtirok etish;
  • o'quv yili davomida ikki martadan kam bo'lmagan miqdorda umumiy davomiyligi 8-10 haftaga teng bo'lgan ta`tilga chiqish; 
  • institutda qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat tashkilotlariga a`zo bo'lish va ular ishida qatnashish;
  • institut ma`muriyati chiqargan buyruq va farmoyishlarga, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, norozilik bildirish;
  • uy-joy fondi yetarli bo'lganda, institut Talabalar turar joylaridan joy olish.