Doim yodda tuting

Toshkent temir yo'l muxandislari instituti - sizning kelgusidagi yuksak orzularingizni ro'yobga chiqaruvchi muqaddas dargohdir. Bu yerda sizni sharafli faoliyatga yo'llash maqsadida barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan. 

Prezidentimizning talaba-yoshlarga bildirgan yuksak ishonchini a`lo o'qish, namunali xulq va sportdagi yutuqlaringiz bilan oqlashingiz lozim.

Barkamol, chinakam insoniy fazilatlarga ega bo'lgan inson bo'lib ulg'aying. Bilingki, ko'p narsani bilib kam so'zlagan, o'z bilimiga mag'rur bo'lib, bilimdonlik qilmagan odam eng aqlli va hurmatga sazovor INSON hisoblanadi. Yoshlik chog'ingizda unga xos bo'lgan jasorat, kelajakka ishonch, bunyodkorlik, bilimga chanqoqlik, sofdillik, samimiyatlik kabi olijanob xislatlarni o'zingizda mujassamlantiring, toki ular kamolotga intilgan yo'lingizda Sizga hamroh bo'lsin.