Statistik ma’lumotlar

Magistratura bo‘limining 2017-2018 o‘quv yili bo‘yicha
umumiy statistik ma’lumotlar

• Magistratura talabalaridan 2017 yilda 101ta, 2018 yilda 65 ta magistratura talabalari malakaviy amaliyoti va stajirovkasini bevosita ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarida o‘tkazish, dissertatsiyasiga tegishli tajriba-sinovlarini bajarish ko‘zda tutilgan.
• 2017 yilda 3 nafar institut magistratura talabalari “O‘zbekiston ayollarining 100ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” tanlovining shahar bosqichi g‘olibi bo‘lib, Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
• Institut talabalaridan 2017 yilda 4 ta “Beruniy” nomidagi nomdor stependiyasi sovrindorlari magistraturaga o‘qishga qabul qilingan.
• Institut magistratura bitiruvchilaridan 2015 yilda 11ta, 2016 yilda 11ta, 2017 yilda 12 tasi kafedra ilmiy laboratoriyasida, hamda pedagogik faoliyat olib bormoqda.
• 2017 yilda 2 ta magistratura talabasi “Start Up” ilmiy g‘oyalar va loyihalar tanlovi 2 bosqich g‘olibi hisoblanadi.
• Institut magistratura talabalaridan 2016 yilda 1ta va 2017 yilda 1ta talaba ingliz tilida dissertatsiyani tayyorlab himoya qilgan bo‘lsa, 2018 yilga 2 ta talaba ingliz tilida dissertatsiyasini himoya qilishi ko‘zda tutilgan.
• Magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot mavzusi bo‘yicha “Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va loyihalar” Respublika yarmakasida 2016 yilda 6ta, 2017 yilda 6ta ilmiy loyihasi bilan ishtirok etgan.
• Institut magistratura talabalari Respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferentsiyalarda 2016 yilda 214 ta, 2017 yilda 198 ta maqola va tezislar chop ettirgan.
• Davlat ilmiy texnika dasturlari va xo‘jalik shartnomalari doirasida 2017 yilda 2 ta, 2016 yilda 3 ta, 2015 yilda 6 ta magistratura talabalari ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashganlar.
• Magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha O‘R Intellektual mulk Agentligi tomonidan EHMlar uchun yaratilgan hisobiy dasturlarga Guvohnomalar 2016 yilda 3ta , 2017 yilda 5ta, ixtirochilik patentlari 2017 yil 1ta berilgan.

• O‘R Prezidentining 27.07.2017 yildagi PQ-3151-sonli qarorida keltirilgan talablar doirasida “O‘TY” AJ ilmiy-texnik rivojlantirish yo‘nalishlari, tegishli korxona va muassasalar muammoli masalalariga bag‘ishlangan magistrlik dissertatsiya mavzulari bazasi 13 mutaxassislik kafedrasida shakllanttirilib, biriktirilgan boshqarma va markazlar rahbarlari tomonidan tasdiqlandi.
• O‘R Prezidentining 27.07.2017 yildagi PQ-3151-sonli qarorida keltirilgan vazifalar ijrosi doirasida 2017 yilda 101ta, 2018 yilda 65 ta magistratura talabalari malakaviy amaliyoti va stajirovkasini bevosita ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarida o‘tkazish, dissertatsiyasiga tegishli tajriba-sinovlarini bajarish ko‘zda tutilgan.
• 2017-2018 o‘quv yilida 1 kurs 81 magistratura talabasidan 31tasi, 2 kurs 65 ta talabasidan 27 tasi a’lochi hisoblanadi.