“Talabalik bahori 2017” festivali “Iqtisodiyot” fakulteti talabalari chiqishlari

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida an’anaga aylangan “Talabalik bahori” festivali talabalarni milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga sadoqat, milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalash, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish va o‘z mahoratini namoyish etishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, ushbu festival iqtidorli va iste’dodli yoshlarni aniqlash va ularning intellektual va ijodiy potentsialini qo‘llab-quvvatlash, institut jamoasining xalqimiz milliy qadriyatlariga bo‘lgan hurmatni oshirish, milliy va umuminsoniy urf-odatlar va an’analarga nisbatan qiziqishlarni yanada o‘stirish, ularning bu yo‘ldagi badiiy badiiy salohiyatlarini rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratish, jamiyat hayotidagi ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar mazmunini qamrab olish maqsadida ham o‘tkaziladi.

Navbatdagi an’anaviy festivalning ochilish marosimi joriy yilning 1 aprel kuni bo‘lib o‘tgandi. Bugun, 15 aprel kuni esa “Iqtisodiyot” fakulteti jamoasi o‘z chiqishlarini namoyish etishdi. Festivalda O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Dilbar Ikramova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Bekjanov Aleksandr, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, bosh baleytmeyster Shokir Axmedov, etnograf, folklorshunos Guljahon Mardonovalar hakamlar hayati tarkibini tashkil etdi. Festivalda talabalar 10 ta shart bo‘yicha bellashishdi. Talabalarning ayniqsa Saxna ko'rinishi, Qo'shiq, Musiqa asbobida kuy hamda she’rxonlik shartlaridagi chiqishlari tomoshabinlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Navbatdagi Talabalik bahori” festivali 22 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda “Elektromexanika” fakulteti jamoasi ishtirok etadi.