«Rejalashtirish va moliya» bo‘limi

  • «Rejalashtirish va moliya» bo‘limi Toshkent temir yo‘l muxandislari institutida tashkil etilgan bo‘lib institut rektoriga bo‘ysunadi.
  • «Rejalashtirish va moliya» bo‘limi o‘z faoliyatini amaldagi qonunchilikka asosan yuritadi.
  • «Rejalashtirish va moliya» bo‘limi ta’lim muassasasi va uning bo‘linmalari iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlarini rejalashtiradi.
  • Iqtisodiy masalalar yuzasidan ichki va tashqi hisobotliklarni olib boradi.
  • ToshTYMI ning yaqin kelajakdagi daromadlari va sarf-xarajatlarining istiqbolini aniqlaydi va uni taxlil qiladi.
  • Institut xodimlarining lavozim jadvalini tuzish va ustidan nazorat – bo‘linmalardagi lavozim jadvali limitga amal qilinishining samarali nazoratini amalga oshiradi.
  • ToshTYMI ning iqtisodiy axborotlarini yig‘adi va qayta ishlaydi.
  • Institutning ichki intizomiga amal qiladi va mehnatni muxofaza qilish choralariga rioya etadi.

 «Rejalashtirish va moliya» bo‘limi tuzilishi 

  • Bo‘lim boshlig‘i – 1ta;
  • I – toifali iqtisodchi – 1ta;
  • II – toifali iqtisodchi – 1ta;

«Rejalashtirish va moliya» bo‘limining asosiy vazifalari.

  • Ma’muriyatning ma’lumot – analitik faoliyatini ta’minlash. Ma’muriyat uchun iqtisodiy siyosat masalalari bo‘yicha axborot va takliflar tayyorlash.
  • Iqtisodiy vaziyatni taxlil qilish, uning rivojini bashoratlash va ta’lim muassasasi ma’muriyati uchun takliflar ishlab chiqish.
  • Bo‘lim ta’lim muassasasi iqtisodiy siyosati sohasidagi buyruqlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.
  • Ta’lim muassasasi byudjet o‘lchamlari bashoratini tuzish, kirim va chiqimlar bashoratini ishlab chiqish.
  • Xarajat yo‘nalishlari bo‘yicha mablag‘larni taqsimlash uchun tavsiyalar tayyorlash.
  • Lavozim jadvalini tayyorlash va nazorat qilish.
  • Ta’lim muassasasi ayrim bo‘linmalari va tadbirlari bo‘yicha kirim va chiqimlar ro‘yxatini tuzish.
  • Iqtisodiy va mehnat me’yorlarini ishlab chiqish.
  • Ta’lim muassasasi rahbarining topshirig‘iga muvofiq bo‘lim mablag‘larini sarflash bo‘yicha qaror, famoyishlarini ekspertiza qilish va ayrim qarorlar natijasini iqtisodiy taxlilini o‘tkazish.