O’zbekiston yoshlar ittifoqi BT

2017 yil 30 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida «Kamolot» YIH ning IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilot faoliyatini tugatish va uning o‘rnida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Prezidentimiz tomonidan “Yangi tashkilot yoshlarning chinakam tayanchi va suyanchi bo‘ladigan, har qanday rasmiyatchilikdan xoli, ayniqsa, yoshlar manfaatini himoya qiladigan tashkilot bo‘lishi, masalan, qandaydir tadbir o‘tkazib, «Bo‘ldi, maqsadga erishdik» deb qaytib kelish emas, avvalo o‘sha joydagi mavjud muammolarni o‘rganib, ularni bartaraf etish bo‘yicha alohida dasturlar bilan ishlashi kerak” deya ta’kidlab o‘tdildi. 2017 yil 5 iyulda “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106 sonli Prezident farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha meyoriy-huquqiy hujjat bo‘lib xizmat qildi. Respublika oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida birinchi bo‘lib 2017 yil 10 iyulda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti o‘z ish faoliyatini boshladi. Boshlang‘ich tashkilot o‘z faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida institut fakultetlari hamda talabalar turar joylarida o‘z faoliyatini olib bormoqda. Institut hamda fakulьtet etakchilari demokratik tamoyillar asosida talabalar tomonidan yopiq ovoz berish yo‘li saylandi. Boshlang‘ich tashkilot tashkil etilgan kundanoq yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Boshlang‘ich tashkilot tomonidan bepul ingliz, rus, koreys til to‘garaklari, AutoCAD, Chizma geometriya fan to‘garaklari o‘z faoliyatini olib bormoqda. Iqtidorli yoshlar Respublika miqyosidagi turli hildagi ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etib yuqori natijalarga erishmoqdalar hamda turli sohalarda yutuqlarga erishgan yoshlarni davlat stipendiyalari va davlat mukofotlariga tavsiya etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.