Oliy matematika

Oliy matematika kafedrasida asosiy shtatda 12 ta va o`rindosh 6 ta professor o`qituvchi faoliyat yuritadi. Kafedrada 3 ta fandan talabalarga dars beriladi. “Oliy matematika” fani barcha texnik yo`nalishlari uchun to`rt semester davomida, Iqtisodiyot fakulteti talabalariga  “Oliy matematika” fani birinchi ikkinchi semestrda o`qitiladi uchinchi semestrda esa “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” fanidan dars beriladi. TTE va TL fakulteti “Telekommunikatsiya” yo`nalishi talabalariga to`rtinchi semestrda  “Diskret matematika” fanlaridan darslar o`tiladi.

Har yili «ZIYO» festivalini o‘tkazishda Oliy matematika kafedrasi dotsentlari B. Egamberdiev va L.D.Sharipovalar faol qatnashadlar.Bundan tashqari  Oliy matematika kafedrasiprofessor-o`qituvchilari “Yosh ilmiy tadqiqotchi” ilmiy-amaliy anjumanida institut talabalarining ma’ruzalariga rahbarlik qiladilar, talabalarni “Oliy matematika” fani bo‘yicha olimpiadaga tayyorlashdan iborat bo‘lgan ilmiy-uslubiy ishlarni amalga oshiradilar.  Jumladan 2012-2013 o`quv yilida «Oliy matematika» kafedrasi professor -o‘qituvchilari tomonidan «Oliy matematika» fani bo‘yicha institutda o`tkazilgan fan olimpiadasining 1-3 bosqichlari o‘tkazildi va bunda 112 ta talaba qatnashdi. Fanolimpiadasining 4-bosqichida 19 ta talaba qatnashdi.

Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan 49ta talabalar Xalqaro Internet-olimpiadasida qatnashdi. Ulardan 3tasi 2-turga o‘tdi.

Kafedra dotsentlari B.Egamberdiev, SH.A.Qosimov va katta o‘qituvchisi   L.G. Jukova tomonidan ochiq darslar o‘tkazildi.

2012-2013 o‘quv yilida kafedraning professor-o‘qituvchilari iqtidorli talabalar bilan «Yosh ilmiy tadqiqotchi» 11-ilmiy-amaliy anjumanining “Oliy matematika” seksiyasi o‘tkazildi. Hammasi bo‘lib 2-3 aprel 2013 yil o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanda qatnashganlar soni 109 ta,  61 ta ma’ruza qilindi, shulardan 37 tasi o‘zbek tilida, 24 tasi rus tilida.

Ilmiy tadqiqot ishlari: Kafedrada olib borilayotgan asosiy ilmiy-tadqiqotlar, zamonaviy fundamental tadqiqotlarning analitik sonlar nazariyasi, funksional analiz, ehtimollar nazariyasi, differensial tenglamalar va ularning tatbiqlari kabi sohalarini o‘z ichiga oladi.

Dotsentlar M.A.Berdiqulov, A. M. Karimov, B. T. Egamberdiev, K. Ataxanov, L. J. Sharipova, R. Sh. Isanov va katta o‘qituvchi F. R. Nuriddinovlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar tufayli diskret matematika, analitik sonlar nazariyasi, ehtimollar nazariyasi, matematik fizika va mexanikaning differensial tenglamalari, kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi kabi sohalarida sezilarli yutuqlarga erishildi.

Kafedra olimlari ko‘plab Xalqaro ilmiy anjumanlar, konferensiyalarda faol ishtirok etib kelishadi. B. S. Zokirov va M. A. Berdiqulov 2003 yildan 2009 yillar oralig‘ida Rossiya Fanlar akademiyasining Janub matematika instituti,  Janub Federal universiteti, iqtisod va servis Rossiya-Janub davlat universiteti tomonidan tashkil qilinadigan «Порядковый анализ и смежные вопросы мат.моделирования» ana’naviy Xalqaro konferensiyasida bir necha marta ishtirok etishgan. A. M. Karimov Moskva (2001, 2009) va Novosibirsk (2007) shaharlarida o’tkazilgan Xalqaro konferensiyalar ishida qatnashib ma’ruzalar qilgan. L.D.Sharipova Italiyaning Triyest shahrida (2007) o’tkazilgan “Statistics and Applied Probability in Life Sciences” xalqaro konferensiyasida ma’ruza qildi. M.A.BerdiqulovRespublikamiqyosidachopetiladigan “Fizika, matematikavainformatika” ilmiy-uslubiyjurnaliningmas’ulkotibibo’libfaoliyatyuritmoqda.

Hozirgi kundakafedra mudiri dots. Isanov R.Sh rahbarligida A3-FK-0-71229, A3-029 “Tezyurar elektropoezd xarakatining aerodinamik tadqiqoti (160-200-250 km/soat tezliklari uchun)” nomli grant ustida ilmiy ishlar olib borilmoqda.

Kafedra o‘qituvchilari tarkibi

Eshmamatova D.B.

kafedra mudiri, dotsent

Tel: +99871 299 03 12 Email: 24dil@mail.ru

Artikbaev A

professor

Tel: +99871 299 03 12

Zokirov B.S.

professor

Tel: +99871 299 03 12 Email: botirzakirov@list.ru

Azimov J.B

dotsent

Tel: +99871 299 03 12

Berdiqulov M.A

dotsent

Tel: +99871 299 03 12

Egamberdiev B

dotsent

Tel: +99871 299 03 12

Karimov A.

dotsent

Tel: +99871 299 03 12

Qosimov Sh.A.

dotsent

Sharipova L.D.

dotsent

Tel: +99871 299 03 12 Email: slola@mail.ru

Nuriddinov F.R.

katta o‘qituvchi

Tel: +99871 299 03 12

Eshqobilov A.A

katta o‘qituvchi

Tel: +99871 299 03 12

Xalxadjaev B.B.

assistent

Tel: +99871 299 03 12

Tuychieva S.T.

assistent

Tel: +99871 299 03 12

Yusupov Sh.B.

assistent

Tel: +99871 299 03 12

Karimova N.R.

assistent

Tel: +99871 299 03 12

Olimov U.R.

assistent

Tel: +99871 299 03 12

Toshmatova M.M.

assistent

Tel: +99871 299 03 12