Muhandislik kommunikatsiya va tizimlari

“Suv ta’minoti va kanalizatsiya” kafedrasi institutning ikki kafedralar qo‘shilish hisobiga tashkil topgan. “Suv ta’minoti” kafedrasi 1936 yil t.f.n. dotsent S.V.Novokreyonov tomonidan tashkil topgan, ular kafedrani 1942 yilga qadar boshqarib kelganlar. Keyingi ikki yil davomida kafedra bilan Rossiya Federatsiyasi ilm va texnika soxasida xizmat ko‘rsatgan arbob t.f.d., proffessor A.A.Surin boshqarib kelgan, 1944 yildan 1955 yilga qadar xar xil yillarda V.V.Rapoport, Qozog‘iston SSR Fan Akademiyasinining akademigi t.f.d., proffesor V.P.Zaxarov, dots. P.N.Rumyantsev boshqarganlar. 17 yil mobaynida “Gidravlika va suv ta’minoti” kafedrasi bilan t.f.n., dots. R.M. Mukurdumov (1955-1972 yy.), t.f.n., dots. Yu.A. Resh (1972-1981 yy.), t.f.n., dots. A.G. Kashin (1981-1982 yy.), t.f.d., prof. Kim Lin Zu (1983-1987 yy.), k.f.d., prof. U.A. Azizov (1988 yildan) boshqarib kelganlar. 1998 yildan 2010 yilga qadar “Suv ta’minoti va kanalizatsiya” kafedrasi bilan t.f.d., prof. Rizaev A.N., 2010-2011 yillarda t.f.n., dots. Oxremenko I.M boshqarib kelganlar. Bugungi kunda “Muhandislik kommunikatsiyalar va tizimlar” kafedrasining kafedra mudiri bo‘lib t.f.n. Musaev O.M boshqarib kelyapti. Zamonaviy “Muhandislik kommunikatsiyalar va tizimlar” sinov uskunalari, komp’yuter texnikalari, mulьtimediyali auditoriyalar, laboratoriyalar bilan jixozlangan. Kafedrada yuqori kvalifikatsion ilmiy-pedagogik kadrlar tayorlovi muvaffaqiyatli o‘tmoqda. Kafedra qoshida 2006 yili 05.23.04-“Suv ta’minoti, kanalizatsiya, suv resurslarini muhofaza qilishni qurilish tizimlari” mutaxassisligi bo‘yicha 3 aspirant Shamansurov S.S., Babaev A.R., Tulyaganov I.R. lar tahsil olganlar. Shamansurov S.S. aspiranturani 2009 yili muvaffaqiyatli tugatganidan keyin kafedraga qabul qilingan. O‘zaro hamkorlik shartnomalariga ko‘ra kafedrani 2 bitiruvchisi Ergashev Sh.Sh., Musaev O.M. aspiranturani Sankt-Peterburg Davlat Temir yo‘l Universitetida o‘qishni davom ettirishdi va kandidat dissertatsiyasini himoyasidan keyin 2011 yili Ergashev Sh.Sh. kafedraga assistent sifatida, Musaev O.M. esa kafedra mudiri lavozimiga qabul qilindi.

“Muhandislik kommunikatsiyalari va tizimlar” kafedrasining mutaxassislarni bitirib chiqaruvchi mutuxassisliklar va yo‘nalishlar.

“Muhandislik kommunikatsiyalari va tizimlar” kafedrasi bakalavr bosqich bo‘yicha 5340400 “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji” (temir yo‘l transportida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari) yo‘nalishi va 5A340401- “Suv ta’minoti, kanalizatsiya, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish” mutaxassisligi bo‘yicha talabalarni tayorlaydi.

Kafedrada professor-o‘qituvchi tarkibi bilan bakalavriat bosqichida 16 ta fan va magistratura 6 ta fanlar bo‘yicha darslar o‘tkaziladi.

Kafedraning Ilmiy-pedagogik faoliyati, ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlari

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgan vaqtidan kadrlar tayorlash Milliy dasturini va “Ta’lim to‘g‘risida” qonunini amalga oshirish maqsadida kafedraning professor-o‘qituvchilar tomonidan bakalavriat bosqichi “Muhandislik kommunikatsiyalar qurilishi va montaji (temir yo‘l transportida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari)” va magistratura bo‘limi bosqichi “Suv ta’minoti, kanalizatsiya, suv resurslarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish” yo‘nalish (mutaxassislik)larning yangi standartlarga asoslangan me’yoriy-instuktiv xujjatlar bilan o‘quv jarayonini ta’minlash uchun bir qancha ishlar bajarilgan, bakalavriat va magistratura bosqich yo‘nalishlar fanlari uchun zamonaviy namunaviy va o‘quv dasturlari tayyorlangan. O‘quv jarayonlari samarasani ta’minlash uchun “Muhandislik kommunikatsiyalari va montaji” kafedrasi gidravlik laboratoriya, kimyoviy laboratoriyalar va zamonaviy dasturlariga ega mahsus komp’yuter sinfi bilan jihozlangan. Kafedraning professor-o‘qituvchilar tomonidan 7 elektron o‘quv-ta’lim resurslar, 6 o‘quv qo‘llanmalar, 40 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar tayorlangan. Mashg‘ulotlar va darslar dasturaviy komplekslar bilan qo‘llanib, yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan, bular shu kabi fanlardan virtual laboratoriyalar: “Suyuqlik va gaz mexanikasi”, “Nasoslar va nasos stantsiyalar”, “Gidravlika va gidro-, pnevmoyuritmalar” va amaliy mashg‘ulotlar, maxsus fanlardan kurs loyixalar, bitiruv kvalifikatsion ishlarni bajarish maqsadida hisobiy dasturlar yordamida amalga oshiriladi.

Kafedraning halqaro aloqalari

Kafedraning professor-o‘qituchilari Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shaxrida halqaro konferentsiyalarda va ilmiy jurnallarda suv ta’minoti, kanalizatsiya, gidravlika va suv resurslarini muhofaza qilish sohasida yangi tadqiqotlar ishlari bilan ishtirok etishganlar.

Sankt-Peterburg Davlat Temir yo‘l universitetida Musaev O.M o‘zining texnika fanlar nomzodlikga dissertatsiyalarini yoqlagan.

Ishlab chiqarish bilan kafedraning aloqalari.

Kafedraning eng ilg‘or faoliyatlaridan biri, bu iqtidorili talabalar bilan ishlar. Kafedrada “Qiziqarli kimyo” kabi ilmiy talabalik to‘garaklar, o‘z faoliyatini yuritadi. Kafedrada institut, respublika miq’yosida olimpiadada ishtirok etish uchun, kimyo fani bo‘yicha Toshkent, Djizak shaxrilarda, gidravlika fani bo‘yicha Toshkent, Andijon shaxrilarda, suv ta’minoti va kanalizatsiya fanlari bo‘yicha Toshkent, Samarqand shaxrilarda, hamda horijiy davlatlarda halqaro olimpiadalarda va ilmiy konferentsiyalarda ishtirok etish uchun faol tayyorlov ishlari olib borilmoqda.

“Muhandislik kommunikatsiyalari va tizimlari” kafedrasi Davlat unitar korxona “SUVSOZ” tresti birgaligida muntazam ravishda ish olib boriladi. Hamkorlik natijasida mazkur trest qoshida kafedraning filiali va laboratoriyalarda ilmiy-tadqikot bazasi tashkilashtirildi. Ishlab chiqarishda hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida kafedra bir qator laboratoriya ishlarini, amaliy mashg‘ulotlarni, o‘quv-tanishuv amaliyoti, ishlab chiqarish amaliyoti va o‘quv yili tugash arafasida magistrlik dissertatsiyasini bevosita “SUVSOZ” trestida himoya qilish tashkilashtirildi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi umumiy va noorganik kimyo ilmiy-tadqiqot instituti, “ToshSuvGeo” unitar korxonasi, “O‘zkommunhizmat” loyiha instituti, “Boshtransloyiha” AJ, “O‘zshaxarsozlik LITI” DUK bilan birga “Muhandislik kommunikatsiyalari va tizimlari” kafedrasi aloqada bo‘lib hamkorlik qiladi.

Kafedraning professor-o‘qituvchilar xodimlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi: “Sanoatdan chiqindilar asosida kompozitsion materiallar olish”, “Toshg‘uzar-Boysun-Qumqurg‘on va Uchquduq-Mesken yo‘nalishlari bo‘yicha tashuvchi suv ta’minoti bartaraf etish”, “Suvni magnit kompleks tayyorlash”, “Temir yo‘l transportining yuqori kontsentratsiyali oqova suvlar tarkibidagi neft- va moymahsulotlarini, takroran foydalanish uchun, qayta tiklash”. Kafedra professor-o‘qituvchi xodimlarning bajargan ilmiy-tadqiqot ishlarning natijalari institutning (ToshTYMI axbarotnomasi), respublikaning (Uzbek kimyoviy jurnali, ekologiya axbarotnomasi) va halqaro konferentsiyalar va ilmiy jurnallarda (Suv ta’minoti, kanalizatsiya, gidravlika, suvlarni muhofaza qilish sohasida yangi tadqiqotlar, Sankt-Peterburg sh.) chop etiladi. 2008 yildan boshlab kafedraning xodimlari har yili bo‘lib o‘tadigan Inovatsion g‘oyalar va loyixalar yarmarkasining doimiy ishtirokchisiga aylandi.

Kafedra o‘qituvchilari tarkibi

Rizaev A.N.

Rizaev A.N.

kafedra mudiri, professor

Tel: +99871 299 05 33 Email: mr.rizaev.58@mail.ru

Xalilova R.X.

Xalilova R.X.

professor

Tel: +99871 299 03 53 Email: r-xalilova.@mail.ru

Oxremenko I.M.

Oxremenko I.M.

dotsent

Tel: +99871 299 03 53 Email: okhremenko.@mail.ru

Baxramov U.

Baxramov U.

dotsent

Tel: +99871 299 03 53 Email: BAHRAMOV-UMARHOD.@mail.ru

Kaxarov B.B.

Kaxarov B.B.

katta o‘qituvchi

Tel: +99871 299 03 53

Rixsixodjaeva G.R.

Rixsixodjaeva G.R.

assistent

Tel: +99871 299 03 53 Email: butterfly-050887@mail.ru

Abdiraimova K.M.

Abdiraimova K.M.

assistent

Tel: +99871 299 03 53 Email: Abdiraimova.1981@mail.ru

Umarov U.M.

Umarov U.M.

assistent

Tel: +99871 299 03 53 Email: uchqunflyin@gmail.com

Xudayberganova N.T.

Xudayberganova N.T.

assistent

Tel: +99871 299 03 53 Email: khmt90@mail.ru

Axmedova N.K.

Axmedova N.K.

assistent

Tel: +99871 299 04 37