O‘quv poligoni

Transport oliy o‘quv yurtlarida fanlarni o‘qitishda, odatda, bir qator amaliy va laboratoriya ishlarini o‘tkazish ko‘zda tutiladi. Amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish talabalar o‘quv jarayonini tashkiliy qismi hisoblanadi. Amaliy va laboratoriya ishlarining asosiy maqsadi maxsus nazariy bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va mustahkamlash hamda lokomotivlarni ta’mirlashda eng murakkab yoki eng namunaviy texnologik jarayonlarni bajarishda amaliy ko‘nikmalarni egallash hisoblanadi. SHu maqsadda institutda o‘quv poligoni tashkil etilgan.

Poligonda “Lokomotivlar va lokomotiv xo‘jaligi”, “Elektr transporti va yuqori tezlikdagi elektr harakat tartibi”, “Vagonlar va vagon xo‘jaligi”, “Transport logistikasi va servis”, “Temir yo‘l transportida avtomatika va telemexanika”, “Temir yo‘llar elektr ta’minoti”, “Ko‘priklar va tonnellar” hamda “Temir yo‘l qurilishi, yo‘l va yo‘l xo‘jaligi” kafedralaridagi fanlarning bir qator amaliy va laboratoriya ishlari o‘tkaziladi.

Poligonda mavjud strelkali o‘tkazgichlar, vagon va g‘ildirak juftlari amaliy mavzularni keng yoritib berish uchun va talabalarni mustahkam o‘zlashtirishlariga xizmat qilmoqda.

Poligonda:

  • elektrovozlarning turli uzellarini konstruksiyasini o‘rganish va “Elektr tranporti mexanik qismini tuzilishi va dinamika asoslari”, “Elektr transportidan foydalanish va ta’mirlash” va “Elektr transportini texnik taftish va ishonchligi” fanlari bo‘yicha laboratoriya va amaliy ishlarini bajarish uchun elektrovozlar G‘MB (g‘ildirak motor blogi), g‘ildirak juftlari va harakat tarkiblarining  telejkalari maketlari mavjud.
  • kontakt tarmog‘i (uch oraliq), kontakt tarmog‘ini ankerlash qurilmasi, ankerli tayanchlar, tortg‘ich bilan ankerlar, konsol bilan tayanchlar, komplekt transformator punkti, bo‘ylama elektr ta’minot havo liniya "Kontakt tarmog‘i”, “Elektr ta’minot qurilmalarni qurish va montaj qilish” va “Notortuvchi iste’molchilarning elektr ta’minoti” fanlar bo‘yicha laboratoriya va amaliy ishlari bajariladi.
  • lokomotivlarning turli uzellari konstruksiyasini o‘rganish va “Lokomotivlar tuzilishi va loyihalashtirilishi” fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun yuk va manevr ishi teplovozlari aravachalari, teplovoz va elektrovozlarning g‘ildirak-motor bloklari mavjud. SHuningdek poligonda mavjud jihozlar yordamida  “Lokomotivlarga texnik ko‘rsatish asoslari” fanidan ekipaj qismida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni aniqlash bo‘yicha laboratoriya ishlari bajariladi.
  • vagonlarning turli uzellarini konstruksiyasini o‘rganish va “Vagonlarning tuzilishi va loyihalashtirilishi” fani bo‘yicha laboratoriya ishlarini bajarish uchun yuk vagoni trenajeri (avtossepkasi bilan ramasi, aravachasi va tormoz uskunalari bilan) va yo‘lovchi vagoni trenajeri (kuzovining 1/3 qismi, aravachasi, avtossepkasi), g‘ildirak juftlari, yuk vagoni buksasini korpusi, avtossepka uskunasi yig‘ilgan ko‘rinish, alohida yuk va yo‘lovchi vagonlarni aravachalari.
  • Yo‘lovchi vagon trenajeri, shuningdek havoni konditsionerlash uskunasi konstruksichsi va ishlash prinsipini o‘rganish uchun “Vagonlarni sovutish tizimi” fani bo‘yicha laboratoriya ishlarini bajarish imkonini beradi.
  • “Harakat xavfsizligi va tormoz tizimlari” fani bo‘yicha laboratoriya va amaliy ishlarni bajarish, shuningdek, tormoz uskunalaridagi asosiy uzel va detallarni o‘rganish uchun, avtoto‘g‘irlagichni sinash uchun stend, tormozlarni (yig‘ilgandagi) boshqaruvi uchun stend, № 295 havotaqsimlagichning ikki kamerali rezervari, № 305-000 elektrohavotaqsimlagichi, R17 birlashtirish engchasi, kompozitsion tormoz kolodkasi, № 292 havotaqsimlagichi, № 394 va № 395 mashinist kranlari, triangel № 536 avtoto‘g‘irlagichi № 483 havotaqsimlagichning magistral va bosh qismi, poligonda tormoz uskunalarini boshqarish pulьti mavjud.
  • “Muhandislik geodeziyasi”, “Geodeziya asoslari” va “Ko‘priklar va tonnellar qurilishida geodezik va marksheyder ishlari” fanlari bo‘yicha turli xil masofa o‘lchagichlar, turli toifadagi teodolit va nivelirlar, elektron taxeometrlar kabi geodezik asboblar bilan tanishadilar, ularni ishga tayyorlash, tekshirish va zarur hollarda tuzatish usullarini o‘rganadilar, inshoot qurilishi va undan foydalanish jarayonida bajariladigan geodezik o‘lchash ishlarining   usullari bilan tanishadilar va  amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. SHu bilan birga, geodezik o‘lchash ishlari natijalarini hisoblash, joyning gorizontal va balandlik tarhlarini, er kesimlarini tuzishga oid ishlarni bajaradilar.
  • “Temir yo‘l izini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish”, “Yo‘l ishlarining texnologiyasini mexanizatsiyalashtirish va     avtomatlashtirish”, “Temir yo‘l izi”, “Temir yo‘ldan texnik foydalanish koidalari va poezdlar harakati xavfsizligi”, “Metrologiya, standartlashtirish va sifat nazorati” fanlari bo‘yicha laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida talabalar temir yo‘l konstruksiyasining texnik holatini baholashning asosiy usullarini o‘rganadi. SHu bilan birga asosiy e’tibor «O‘zbekiston temir yullari» AJ yo‘l xo‘jaligining poezdlar harakatlanishida xavfsizlikni ta’minlashga oid asosiy me’yoriy- hujjatlarning talablarini o‘rganadilar. Talabalar o‘quv poligonida, ishlab chiqarishda mavjud bo‘lgan turli xil maxsus o‘lchov asboblaridan foydalangan holda temir yul izi texnik holatini kompleks o‘lchash yuzasidan amaliy ko‘nikmalar oladi.
  • “Mutaxassislikka kirish”, “Strelka va signallarni teleboshqarish”, “Temir yo‘l transportida avtomatika va telemexanika”, “Avtomatika, telemexanika va aloqa” fanlarida strelka elektr yuritmasi tuzilishi va ishlash prinsipi, manevr svetofori tuzilishi va ishlash prinsiplari o‘rganiladi.

O‘quv poligonida “SSB va aloqa” ilmiy tadqiqot laboratoriyasida ishlab chiqilayotgan temir yo‘l avtomatika va telemexanika mikroelektron qurilmalarini tadqiq qilishda poligondagi qurilmalardan foydalaniladi.

SHuningdek, o‘quv poligoni abiturientlarni kasbga yo‘naltirish uchun xizmat qiladi.