O'zbekiston bo'ylab sayohat qil

Yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang‘ich tashkiloti qoshida Yoz oylarida belgilangan reja asosida o‘z faoliyatini olib boruvchi “Yosh targ‘ibotchilar” guruhi tashkil etilgan bo‘lib, kuni kecha magistratura bo‘limi talabalaridan iborat guruh a’zolari “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostidagi targ‘ibot aktsiyalarini Toshkent shahri bo‘ylab davom ettirdilar.

Targ‘ibotchilar O‘zbekistonga tashrif buyurgan chet ellik mexmonlarga, qolaversa, shahrimiz aholisiga yurtimiz hududida joylashgan tarixiy shaharlar, obidalar, muqaddas qadamjolar, buyuk allamalarning maqbaralari haqidagi muxtasar “Xarita”ni o‘zida aks ettirgan tarqatma materiallar ulashib, O‘zbekiston temir yo‘llari, uning bugungi kundagi erishgan yutuqlari hamda harakat yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumotlar berdilar.

Aytish joizki, iyunь oyi oxirida yana bir targ‘ibotchilar guruhi tarixiy shaharlardan biri hisoblangan Buxoro viloyatiga yuqoridagi shior ostidagi tashrif buyurgan edi.