Imtiyozli diplomlar topshrildi

Institut faollar zalida “Bitiruvchi – 2018” tadbiri o‘tkazildi. Unda «O‘zbekiston temir yo’llari» aksiyadorlik jamiyatining personalni boshqarish va kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i Navro‘z Erkinov, institut rektori, prorektorlar, dekan va dekan muovinlari, bitiruvchi bakalavr hamda magistrlar, ularning ota – onalari ishtirok etdi. 

Institutni 2017 - 2018 o‘quv yilida 21 ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 1017 nafar bakalavr, shu jumladan 311 nafar davlat grantlari asosida, 12 mutaxassislik bo‘yicha jami 66 nafar magistr, shu jumladan 32 nafar davlat grant asosida, hammasi bo‘lib 1083 nafar yosh mutaxassislar, shundan 94 nafar bakalavr hamda 66 nafar magistr imtiyozli tamomladi.

Tadbir davomida imtiyozli bitirgan magistr va talabalarga professor – o‘qituvchilar tomonidan diplomlar topshirish marosimi o‘tkazildi.

Joriy yilning aprel oyida 2017 - 2018 o‘quv yilida bitiruvchi bakalavr va magistrlarni ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarga ishga taqsimlash bo‘yicha tadbirlar tashkil etilgan edi. Endilikda bitiruvchilar belgilangan korxona va tashkilotlarda mehnat faoliyatini yuritishni boshlaydilar.

Taqsimot komissiyasi tomonidan olib borilgan taqsimot ishlari yakuniga ko‘ra, institutni 2017 - 2018 o‘quv yilida bitiruvchi bakalavr va magistrlarning 100%i "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi tizim birliklariga yo‘llanma olgan.

Ta’kidlash kerak, bitiruvchilar asosan "O‘zbekiston temir yo‘llari"AJ tasarrufidagi korxona va tizim birliklariga ishga taqsimlanadilar. Bundan tashqari turli sanoat korxonalarida ham institut bitiruvchilariga ehtiyoj mavjud bo‘lib, ular jumlasiga “Navoiy tog‘ - metallurgiya kombinati”AJ, “Olmaliq kon - metallurgiya kombinati” AJ kiradi.

Tadbir davomida "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatining personalni boshqarish va kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i Navro‘z Erkinov, institut xodimlar bo‘limi boshlig‘i Zebo To’laganova, texnika fanlari doktori, professor Nazrilla Ibragimov, fizika - matematika fanlari doktori, professor Abdulaziz Ortiqboyev, prorektorlar Shukurali Tursunov hamda Feruza Karimovalar so‘zga chiqib, bitiruvchilarga oq yo‘l tilab, iliq tilaklarni bildirdilar, imtiyozli diplomlarni topshirdilar.