“Yoshlar forumi” tashkil etildi

2018 yil 29 iyun kuni shahrimizda joylashgan “Anhor lokomotiv” istirohat bog‘ida 30 iyun - “Yoshlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining “O‘zbeksiton temir yo‘llari” AJ dagi etakchilar Kengashi Yoshlar ittifoqining Toshkent temir yo‘l muhandislari institutidagi boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda “Yoshlar forumi” tashkil etildi.

Forumga Respublika temir yo‘llari tizimida namunali faoliyat olib borayotgan Yoshlar ittifoqining joylardagi etakchi-sardorlari va faol a’zolari taklif etilib, poytaxtimizga etib kelgan forum ishtirokchilariga Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti mezbonlik qildi.

Forum davomida, iyunь oyida bo‘lib o‘tgan “Eng yaxshi yosh temir yo‘lchi” ko‘rik-tanlovi va forum doirasida o‘tkazilgan “Megatalant” loyihasi g‘oliblarini “AJ” rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va rag‘batlantiruvchi diplomlar bilan taqdirlash marosimi, yoshlar tomonidan tayyorlangan “Quvnoqlar va Zukkolar” jamoalarining chiqishlari, honandalarning bayram tuxfalari hamda “Yosh targ‘ibotchilar” valantyorlar guruhining qiziqarli aktsiyalari bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilganlar, tashkil etilgan Forum tantanalaridan baxramand bo‘lib, bayramona ruhda manzillariga qaytdilar.