“Megatalant” shou tanlovi o‘tkazildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risidagi” Farmoni ijrosini ta’minlash, tizimdagi yoshlarni birlashtirish va faolligini oshirish hamda 30 – iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yoshlar forumi” doirasida Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti faollar zalida “Megatalant” shou tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovni A. Axunov, Sh. Shodijonova, F. Tursunboyev, Sh. Xusanov va R. Eshonqulovlardan iborat hakamlar hayati baholab bordi.

Quyidagi ishtirokchilar o‘z iste’dodlarini namoyish etdilar:

1. Safarov Jahongir Sheriyat Buxoro (MTU)

2. Muhiddinov Mirzohid Matematika Lokomotiv depo Termiz (MTU)

3. Qosimov Doniyor Zarbli cholg‘u Qo‘qon (MTU)

4. Ziyoev Avazbek Maqom Qo‘qon (MTU)

5. Jumanazarov Azizbek Qo‘shiq (Olmaliq) AGMK

6. Quvatilloev Elshod Nodir o‘g‘li Sheriyat Buxoro (MTU)

7. Iskandarova Dinora Dutor Qo‘ng‘irot (MTU)

Tanlov so‘ngida hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra quyidagilar g‘olib deb topildi: Muhiddinov Mirzohid uchinchi, Iskandarova Dinora ikkinchi o’rinni egalladi. Tanlov g’olibi Avazbek Ziyoev bo’ldi. G’oliblarni poytaxtimizdagi Anhor - Lokomotiv istirohat bog‘ida o’tkaziladigan “Yoshlar forumi”da rag’batlantirish rejalashtirilgan.