E'lon - “Ustozlarga ta’zim” nomli videoroliklar tanlovi

Тоshkent temir yo’l muhandislari institutida 1- oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Ustozlarga ta’zim nomli videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi.

Тоshkent temir yo’l muhandislari instituti talabalari o’rtasida o’tkaziladigan Ustozlarga ta’zim nomli videoroliklar tanlovi

NIZOMI 

Institutda ma'naviy-axloqiy tarbiya va ma'rifiy ishlarni yanada yuksaltirish, iqtidorli va iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ulardagi intellektual va ijodiy salohiyatlarini rag'batlantirish, jamiyat taraqqiyotiga muhim hissa qo'shib kelayotgan ustoz va murabbiylarni ulug'lash, ularning zahmatli mehnatlarini yuksak e'tirof etish, ustoz va murabbiylarga davlatimiz tomonidan berilayotgan yuksak e'tiborni keng targ'ib etish, ustoz va murabbiylarning o'z ilmiy-pedagogik faoliyatlarida erishayotgan ulkan yutuq va muvaffaqiyatlarini yuzaga chiqarish, ustoz va murabbiylarni qadrlash, ularga bemisl hurmat va e'tirom ko'rsatish, talaba yoshlarning darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etilishiga erishish, talaba yoshlarning ijtioiy-siyosiy faolligini oshirish, badiiy ijodkorlik fazilatlarini o'stirish, ularning jamoaviy tarzda ishlashlari va o'z oldiga qo'ygan maqsadlarini amalga oshirishni singdirib borish maqsadlarida Toshkent temir yo'l muhandislari instituti talaba-yoshlari o'rtasida “Ustozlarga ta'zim” videoroliklar (ijodiy ishlanma) tanlovi

I. Tanlovning maqsad va vazifalari
- barkamol avlodni tarbiyalash, talaba yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy salohiyatlarini yanada kuchaytirish; milliy g'oya tamoyillarini va mustaqillik yutuqlarini targ'ibot qilish, talaba-yoshlarda ta'lim va tarbiya olishga bo'lgan ishtiyoqlarini kuchaytirish;
- jamiyat a'zolarining Ustoz va murabbiylarga bo'lgan yuksak hurmat va e'tiborni talaba yoshlar orasida keng targ'ib etish orqali, talaba-yoshlarning ma'naviy dunyoqarashida ustoz va murabbiylarga bo'lgan hurmat tuyg'usini yuksaltirib borilishiga erishish;
- xalqimiz orasida asrlar davomida shakllanib kelgan ustozlarga eng yuksak e'tibor va mehr ko'rsatilishi ruhini talaba-yoshlar ongiga mustahkam singdirib borish;
- ustoz va murbbiylarning shogirdlarga bilim va ko'nikma berish jarayonidagi zahmatli, sharafli faoliyatlarini tarannum etilishiga erishish;
- talaba yoshlarning ijodiy fikrlash doirasini kengaytirish, atrof-muhit va jarayonlarga nisbatan o'zining erkin fikrini ifoda eta olish tuyg'usini takomillashtirib borish;
 - talaba-yoshlarlarning o'qishdan bo'sh vaqtlarini ko'ngilli va mazmunli o'tkazish, ular orasida ustoz va murabbiylarga nisbatan bo'lgan mehr va sadoqat fazilatlarini takomillashtirish;
- “Ustoz-shogird” tizimi mazun-mohiyatini jamoa orasida keng targ'ib etilishiga erishish;
 - talaba-yoshlarning jamoa tarzda mehnat qilish va o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga jamoa bilan birgalikda erishish;
 - talaba yoshlardagi zamonaviy axborot texnologiyalariga bo'lgan qiziqishlarini qo'llab-quvvatlash kabilardan iborat.
II. Tanlovni o'tkazish tartibi va shartlari
- Tanlovda institut talabalari (fakultet va kursidan qat'iy nazar) 3-5 talabadan iborat bo'lgan ijodiy jamoa (guruh) shaklida ishtirok etadi.
- Tanlovda o'zining ijodiy ishlanmasi bilan qatnashishni xohlovchi jamoa tanlov xay'atiga 15 sentyabrgacha yozma ravishda ariza orqali murojaat qiladi.
- Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlanmani qabul qilish hakamlar hay'ati tomonidan 25 - sentabrda yakunlandi.
- Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlanmaning reglamenti 7-10 minutdan oshmasligi kerak.
III. Tanlov materiallarini baholash mezonlari
-tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlanmalar hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan 1-10 ballgacha bo'lgan ballik tizimda baholanadi;
-baholashda ijodiy ishlanmada mavzu qanchalik to'laqonli, ta'sirli yoritilganligiga, asarning mazmuni aks ettirilishida mualliflarning erkin ijodiy yondoshuvga, milliy mentalitetimizga mosligiga, ustozlar zahmatli mehnatining qadrlanishiga, ustoz va murabbiylarga bo'lgan hurmat va ehtiromning aks ettirilishiga, tayyorlangan materiallarning sifatlilik darajasiga, texnik imkoniyatlardan unumli foydalanganligiga e'tibor beriladi;
-tanlov hakamlar hay'ati institut ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha prorektori (rais), institut kasaba uyushma qo'mitasi raisi (a'zo), institut xodimlar bo'limi boshlig'i (a'zo), institut ma'naviyat-ma'rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi boshlig'i (a'zo), institut xotin-qizlar qo'mitasi raisi (a'zo), institut murabbiylar kengashi raisi (a'zo), institut Yoshlar ittifoqi yetakchisi (a'zo)dan iborat bo'ladi.
IV. Tanlov g'oliblarini rag'batlantirish
Tanlovda eng ko'p ball to'plagan ijodiy jamoa g'olib deb hisoblanadi. Bir nechta jamoalarning umumiy ballari teng bo'lib qolgan holda, shu o'ringa mos jamoa hakamlar hay'ati tomonidan ovoz berish yo'li bilan begilanadi. Tanlov g'oliblari institut kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan quyidagicha rag'batlantiriladi: 1-o'ringa munosib jamoaga –maxsus diplom va eng kam ish haqining 2 barobari miqdorida pul mukofoti. 2-o'ringa munosib jamoaga - maxsus diplom eng kam ish haqining 1,5 barobari miqdorida pul mukofoti. 3-o'ringa munosib jamoaga - maxsus diplom eng kam ish haqining 1 barobari miqdorida pul mukofoti. Tanlov g'oliblarini mukofotlash 1 - oktabr – Ustoz va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tadbirda tantanali vaziyatda o'tkaziladi.