E'lon - Rossiya Federatsiyasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish tanlovida ishtirok etuvchi nomzodlar diqqatiga

Xurmatli nomzodlar! Ramazon Hayiti munosabati bilan joriy yilning 14-15 - iyun kunlariga rejalashtirilgan birinchi bosqich - saralash test sinovlari 18-19 iyun kunlariga ko’chirilganligini ma’lum qilamiz. Birinchi bosqich saralash test sinovlari institutning 228 xonasi “Innovatsion o’quv markazi”da o‘tkaziladi. Birinchi bosqich - saralash test ko‘rinishida bo‘lib fizika, matematika, kimyo, rus tili, informatika fanlaridan bo‘lib o‘tadi. Birinchi bosqichdan o‘tgan nomzodlar ikkinchi bosqich - suhbat sinovlariga o‘tkaziladi.

Nomzodlarning guruhlar bo‘yicha tartibini, test sinovlariga kirish vaqtlarini quyidagi havola orqali ko’rishingiz mumkin.