Temiryo’lchi Doston – "Eng yaxshi video rolik"da birinchi

5 - iyun – Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan G‘ofur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston ekologik harakati faollari, parlament a’zolari, diplomatik korpus vakillari, ota-onalar va talaba - yoshlar ishtirok etdi.

Bayram tadbirida ko’plab tanlovlar ham o’tkazildi. Jumladan, iqlim o‘zgarishlari natijasida yuz berayotgan tabiiy ofatlarning oldini olish, salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida Ekoharakat vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda oliy o‘quv yurtlari talabalari hamda magistrlari o‘rtasida “Global iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha eng yaxshi g‘oya” tanlovida institutimiz talabasi Doston Saidov ilmiy rahbari t.f.d.,dotsent Dilnoza Jumayeva bilan birgalikda tayyorlagan “Global iqlim o'zgarishida chiqindilar ta'siri” nomli videoroligi bilan qatnashdi.

Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko’ra talabamiz ishi "Eng yaxshi video rolik" nominatsiyasida faxrli 1 - o'rinni egalladi.

Taqdirlash marosimida O'zbekiston Ekologik harakati Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisi B. Alixonov tomonidan 1 - o'rinni egallagani uchun “Elektromexanika” fakulteti 3 - bosqich talabasi Doston Saidov diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

Global iqlim o'zgarishida chiqindilar ta'siri(ToshTYMI_YMSpetPersi)