Sog’lom oila - jamiyat boyligi

15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan Toshkent shahrida "Sog’lom oila - jamiyat boyligi" shiori ostida xotin-qizlar o‘rtasida velomarafon o’tkazildi. Unda korxona-tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi.

Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush - tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini ta’minlash, xotin-qizlarni sportga keng jalb etish hamda ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirish maqsadida o’tkazilgan veloturda institut xotin-qizlari ham faol ishtirok etdi.

– Ushbu sport turi xotin-qizlar o‘rtasida tobora ommaviylashayotganining guvohi bo’ldim, – deydi institut xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti raisi Nodira Xodjayeva. – Institut xotin-qizlari orasida ko’plab sport turlari, jumladan, velosport bilan ko‘p yillardan buyon shug‘ullanayotganlar ham bor. Velosiped haydash insonga nafaqat zavq beradi, o’zini tetik his qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.