Institut va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlanishi

 

Toshkent shahridagi umumta’lim maktablari faoliyatini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini yanada oshirish, o‘quvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida Toshkent shahridagi 10 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablariga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish uchun ularni institutga biriktirildi. Bular,

 Tuman nomi  Biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi raqami
 Sergeli tumani   237
 Yashnobod   30 
 Shayxontohur   39
 Yakkasaroy tumani   127
 Yakkasaroy tumani  135
 Yunusobod   43
 Shayxontohur   13
 Chilonzor   101
 Uchtepa tumani   14
 Mirzo Ulug‘bek   27

 

Institut va umumta’lim maktabi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha reja-jadvali, institutni maktablarga har ikki haftada almashlab biriktirish jadvali, umumta’lim maktablari bilan institutni almashlab biriktirish bo‘yicha hamkorlik ishlari bo‘yicha tartib ishlab chiqildi.

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti hamda Toshkent shahrida 10ta umumta’lim maktabi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi. Memorandumdan maqsad umumta’lim maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va bunda o‘qituvchilarning mas’uliyatini yanada oshirish yuzasidan oliy ta’lim muassasasi va umumta’lim maktabi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat. 

Tuzilgan memorandum asosida institutdagi kafedralar va umumta’lim maktablaridagi uslub birlashmalar hamkorligini maqsadli hamda tizimli yo‘lga qo‘yish,  iqtidorli o‘quvchilardan iborat “Yosh akademiklar” maktabini tashkil etish, institut tomonidan umumta’lim maktablar faoliyatini o‘rganish natijasida maktablarni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi maqsadli hamkorlik rejasini tuzish, institut professor-o‘qituvchilari tomonidan umumta’lim maktablarda dars jarayonlarini kuzatish va tahlil etish natijasida maktab o‘qituvchilarida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish va metodik yordam berish maqsadida barcha fan o‘qituvchilariga “Master klass” tashkil etish, reja-jadval asosida umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun ko‘chma amaliy darslar tashkil etish, maktablarning yuqori sinf (8-11 sinf) o‘quvchilari va ularning ota- onalari bilan uchrashuvlar tashkil qilish va unda katta hayotiy tajribaga ega, ilm sohasida mashaqqatli yo‘l bosib o‘tgan olimlarning farzand tarbiyasi borasidagi fikr-mulohazalari va hayotiy tajribalari haqida ma’lumot berish, umumta’lim maktablari o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni”ni tashkil etib borish, bunda o‘quvchilarga qiziqishlari bo‘yicha ekskursiyalar tashkil etish orqali ARM, ATM, laboratoriya, muzeylar, ma’ruza zallari va talabalar bilan o‘tkaziladigan dars jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish vazifalari belgilab olindi.