Sahna tarbiya maskanidir

Talabalarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, ijodiy salohiyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ularni teatr san’atiga muhabbat ruhida tarbiyalash, jamiyatda uchraydigan ijtimoiy muammolar va salbiy holatlarni sahna ko‘rinishlari orqali keng jamoatchilikka etkazish maqsadida institutlararo “Talabalar teatr studiyalari” festivali tashkil etilgan. Festivalning saralash bosqichida Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti Teatr studiyasining “Yoshlik” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi va keyingi bosqichda ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.