Odam savdosi-global xavf

Odam savdosi – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir. Bu juda ko‘p salbiy unsurlarni olib kelmoqda, xususan, terrorizm, giyohvandlik, qurol-yarog‘, odam savdosi, missionerlar nayranglari va bunday illatlar keyingi yillarda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar jiddiy tashvish va xavotirlarni keltirib chiqarmoqda, shu bois talabalar o‘rtasida turli yot g‘oyalar va tahdidlarga qarshi kurashish, mafkuraviy immunitetni shakllantirish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida joriy yilning 12 aprel kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti faollar zalida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati T.B. Matibaev ishtirokida Odam savdosining oldini olish, bu jinoyatning tuzog‘iga tushib qolmaslik va mazkur illatni keltirib chiqarayotgan mudhish oqibatlari haqida talaba-yoshlar fikrini o‘rgandi. Tadbir davomida talabalar diqqatiga “Fosh etilgan jinoyat” nomli film namoyish etildi.