Barchamiz yo‘l harakati ishtirokchisimiz

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida Harakat xavfsizligi mazuida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 5- divizion safarbar guruh komandiri, kapitan A.M. Malikov ishtirok etib talabalarga yo‘llarimizda havfsizlikni ta’minlashda o‘z hissamizni qo‘shishimiz barchamizning oldimizdagi asosiy vazifalardan biri ekanligini, shu bilan birgalikda, barchamiz yo‘l harakati ishtirokchisi hisoblanishimizni, shuning uchun avtomobilь yo‘llarida, ko‘chalarda harakatlanish davomida hayotimiz uchun amaliy dastur hisoblangan “Yo‘l harakati qoidalari”ga qat’iy rioya etishimiz, uning talablarini chuqur o‘rganishimiz, amal qilishimiz, atrofimizdagilardan, ayniqsa, yoshlarimizdan buni talab etishimiz, yo‘llarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli ko‘ngilsizliklardan saqlanishimiz, qolaversa, bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblangan, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash ishlarida e’tiborli bo‘lishimiz talab etilishini tushintirib o‘tdi.