Fizika ekologiya bilan hamnafas

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti 422-auditoriyasida murabbiylar kengashi va “Elektromexanika” fakulteti “Fizika” kafedrasi bilan hamkorlikda “Fizika ekologiya bilan hamnafas” mavzuida bellashuv o’tkazildi.

Bellashuv tanishtiruv, muammoni izohlab, yechimini topish va savol-javob shartlari asosida o’tkazildi.

Tadbirni “Fizika” kafedrasi katta o‘qituvchisi Zulxumor Yavkacheva ochib berdi va tanlovning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish” to’g’risidagi farmoyishiga muvofiq talabalarni fizika va ekologiyaga doir kitoblarni muttolaa qilish uchun jalb qilinganligini ta’kidladi.

Tanishtiruv shartini IF-52 guruhi boshlab berdi. Guruh nomi, shiori, maqsadi haqida so’zlab berildi. Videorolik, taqdimotlardan foydalandilar. Tanishtiruvda birinchi o’rinni IF-52 va IF-53 oldi. 

Tadbirning ikkinchi shartida talabalar muammoni izohlab berishdi. Buning uchun talabalar hozirgi zamon ekologiyasi odam va biosfera o‘rtasidagi o‘zaro munosabat masalalarini o‘rganib chiqdilar.

Hozirgi zamon ekologiyasining yana muhim vazifalaridan biri bu biologik resurslardan oqilona foydalanish, odam faoliyati ta’sirida tabiat o‘zgarishlarini oldindan ko‘ra bilish, tabiatda kechayotgan jarayonlarni boshqarish yo‘llarini o‘rganish, zararkunandalarga qarshi kurashning zararsiz va samarador usullarini yaratish, sanoat korxonalarida chiqindisiz texnologiyani ishlab chiqish va joriy etishdir. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining ta’siri natijasida ekologiya tushunchasi kengaydi. Inson ekologiyasi insonning atrof-muhitga va aksincha, atrof-muhitning insonga ko‘rsatayotgan ta’sirini o‘rgatadi. Insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta’sir doirasi beqiyosdir, ta’sir natijasida unumdor yerlar eroziyaga uchrab unumsiz yerlarga aylanmoqda, dasht ekosistemasi degan tabiiy ekosistemalar deyarli yo‘qolib bormoqda, inson qo‘li tegmagan o‘rmonlar ham juda kam qolgan. Yer yuzi quruqligidagi o‘rmonlar maydoni 75%dan 25%gacha kamaygan. Talabalar bu muammolarning barchasini o‘rganib, fizikaviy xossalari bilan misol keltirishdi. Bu shartda birinchi o‘rinni IF-53 guruhi oldi.

   

Uchinchi shartda talabalarga savollar berildi.

Tanlov g’olibi IF-53 guruhi bo’ldi.