Ayol mo’tabar, bebahodir u

Ayol mo’tabar, bebahodir u

Tabiatning go’zal hilqati.

Dunyolarga yetadi mehri,

Ollohimning buyuk qudrati 

Institut faollar zalida 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar” kuni bayramiga bag’ishlangan bayram tadbiri o’tkazildi.

Bayramni ochib berish uchun so’z navbati prorektor Dilshod Baratovga berildi. Prorektor yig’ilganlarni bayram bilan qutladi: “Institut ma’muriyati fasllar kelinchagi bo’lmish bahorning eng nafis bayrami 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etadi. Sizga oilaviy xotirjamlik, sihat-salomatlik, bahoriy kayfiyat, doim go’zal va betakror bo’lishingizni tilab, institutimizda olib borayotgan namunali faoliyatingiz uchun tashakkurnoma bilan taqdirlaydi”.

Sahnaga dilbar va latofatli opa-singillarimizni tabriklash uchun qo’shiq ijrosi bilan iqtisodiyot fakulteti talabasi Javohir Abdusalimov taklif etildi.

Ayol-chashma, ayol-oliyjanoblik, ezgulik, nafosat timsolidir. Ayol aziz va mo’tabar siymo.

Shundan so’ng institut xotin-qizlar jamoasini tabriklash uchun so’z navbati prorektor Abdulaziz G’ulomovga berildi. Abdulaziz G’ulomov ham iliq dil so’zlarini bildirib bir guruh professor-o’qituvchilar, ishchi-xodimalarini tashakkurnoma bilan taqdirladi.

Shuningdek, kasaba uysuhmasi qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti raisi Ilyos Xolboyev ham so’zga chiqib O’zbekiston temiryo’lchilari vatransport quruvchilari kasaba uyushmasi nomidanqutladi va g esdalik sovg’alari ham topshirildi.

Shuningdek “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Farrux Azimov, “Yoshlar ittifoqi” boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Abduvoxid Sotvoldiyevning muqaddas onalarga bag’ishlangan she’rlari bayramga o’zgachalikni baxsh etdi:

Onangiz yonida bir zum o’tirib,

Mehrli ko’zlargabir to’yib qarang,

Dunyo ishlarini bir chetga surib,

Onasi hayotlar, onangiz asrang!

Biz uchun hadisdur aytgan har so’zi,

Dunyoda onaday zot bormi o’zi,

Faqat quvonch bilan yoshlansin ko’zi,

Onasi hayotlar, onangiz asrang. 

Tadbir davomida O’zbekiston davlat Konservatoriyasi, Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi, Toshkent madaniyat kollejidan vakillar turli ko’rinishlar, raqs va ashulalari bilan barchaga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.