Muqaddas qadamjolarga ziyorat

Toshkent temir yo’l muhandislari instituti professor-o’qituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalarida milliy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat ruhini tarbiyalash, yurtimizdagi muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obod qilish hamda ularda muqaddas maskanlarni qadrlash, saqlash va ajdodlar xotirasiga hurmat-ehtirom ko’rsatish maqsadida bir guruh xodimlar Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi me’moriy yodgorlik – Zangiota majmuasini ziyorat qildi.