E'lon

Ма’lumki, 8-mart Xotin-qizlar bayrami go’zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo’lib kelgan. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli o’rganadi.

Ana shunday ezgulik va yaxshilikni, ona va ayol siymosini, mehrini madh etuvchi bayram tadbiri joriy yilning 6-mart kuni soat 13-00da institut faollar zalida o’tkazilishi va unda turli oliy ta’lim muassasalari, kollej va litseylardan el suygan xonandalar, professor-o’qituvchilar, talaba-yoshlar o’z chiqishlari bilan ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Bayram kechamizga barchani taklif etamiz. Xurmat bilan “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi, “Yoshlar ittifoqi” BT.