Bobur – nozik va bilimdon kuzatuvchi

Institut anjumanlar zalida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi kuni munosabati bilan davra suhbati o’tkazildi. Unda professor-o’qituvchilar, talabalar va xodimlar ishtirok etdi. 

Tadbirni institut “Yoshlar ittifoqi” boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Abduvoxid Sotvoldiyev ochib berdi. Tadbir mavzui, maqsadi va ma’ruzachisi bilan tanishtirib, so’z navbatini dotsent Muqaddas Kamilovaga berdi.

Mutaxassis o’z so’zida Boburning bunyodkorlik ishlari, keyingi avlodlarga tuxfa sifatida yozgan nomasi, farzandlari tarbiyasi, Bobur ijodiga mansub asar, ruboiy, fard, qit’a, tuyuq, masnaviy va tarjimalari, yoshlarga nasixatomus tilaklari, adolatli shoh va mohir sarkarda sifatidagi yutuqlari, jahon olimlarining Bobur haqidagi fikrlari xususida to’xtaldi.

— Fransuz olimi Len Pul’ning bobomiz haqidagi fikrlari e’tiborimizni tortdi, — deydi Muqaddas Kamilova. — “Uning memuarlari bir askarning harbiy yurishi va chekininshlari haqidagi oddiy va kundalik daftari emas. Ularda sharq adabiyotini juda yaxshi bilgan, nozik va bilimdon kuzatuvchi, odamlarni tez o’rganuvchi, ular haqida dadil hukm yurituvchi bir kishining va tabiat muqibining dunyo haqidagi shaxsiy taassurotlari va nozik fikrlari berilgan….”, deya ta’rif bergan.

Shundan so’ng talabalar Bobur ruboiylaridan o’qib eshittirdi.