Ijodiy ishlar tanlovi g’oliblari e’lon qilindi

Avval xabar berganimizdek, o’quv yili boshidan institutda turli mavzularda ijodiy ishlar tanlovi o’tkazilmoqda.

Navbatdagi g’oliblar aniqlandi: 9-fevral Alisher Navoiyning tavalludi kuni munosabati bilan o'tkazilgan faollar zalidagi badiiy kechada e'lon qilindi va rag'batlantirildi.

Unga ko’ra Elektromexanika fakulteti talabasi Shuhrat Qo'shanov "OAVda tijorat "jilvalari" mavzuidagi inshosi bilan shuningdek, Adeliya Ne'matova, A'zamjon Umaraliyevlar mutloq g’oliblikni qo’lga kiritdi. Farrux Cho'ponov va Diyorbek Boboyevlar ikkinchi o’rinni egalladi.

Tanlov Nizomiga muvofiq o'rin olmagan va barcha e'lon qilingan mavzularda ijodiy ishlari bilan ishtirok etayotgan talabalar o'quv yili oxirida inobatga olinadi va rag'batlantiriladi.

Barcha davrlarda o'z mustaqil fikri va dunyoqarashiga ega bo'lgan yoshlar ko'plab muvaffaqiyat zinapoyalarini zabt etgan, davlat xizmatining eng yuqori pog'onalarida ish faoliyatini yuritgan, Vatanini dunyoga tanitgan.......

O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lar.

Bilim qayda bo‘lsa, buyuklik bo‘lar (Yusuf Xos Hojib).

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Yoshlarni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, chinakam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hech qachon dolzarbligini yo‘qotmagan masala bo‘lib qoladi” degan edi.

Shunday ekan, BUYUK ISHLARGA QODIR BO'LGAN TEMIRYO'LCHI TALABA! Sen ham ijodiy ishlaring bilan barchani "lol" qoldir. "Nomigagina" yozmasdan chin dildan istab yoz va muvaffaqiyatga erish.

Demak, DIQQAT E'LON

Institutimizda fevral oyida buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan ijodiy ishlar tanlovi e'lon qilinadi.

Mavzular: 

Alisher Navoiy komillikka chorlovchi buyuk mutafakkir

"Qaro ko'zim"ni tinglab

G'azal mulkining sultoni

Bobur: Bobur mening tafakkurimda

Bobur ijodida Vatan madhi (noan'anaviy tarzda, asarlarida Vatan sog'inchi, iztiroblari xususida g'azallar bitgan. Hayot yo'llaridan kelib chiqib bugungi Vatan qadriga yetmayotgan ba’zi yoshlarga so'zingiz).