Temur tig`i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher

9-fevral butun O`zbekistonda jahon ma`naviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Toshkent temir yo’l muhandislari instituti faollar zalida “Temur tig`i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher” nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirni institutimiz prorektori Dilshod Baratov ochib berdi hamda Alisher Navoiyning qilgan ishlari xususida so’z yuritib, g`azallaridan yod oldi.

Tadbirda talabalar shoirning yoshligi, o`spirinligi hamda shoxlik davrlarini aks ettiruvchi sahna ko`rinishlari orqali uning ruhini shod aylashdi. Institutimiz talabasi Usmonov Islomjon jonli ijroda Navoiyning g`azallarini kuyga soldi va mehmonlarning olqishlariga sazovor bo’ldi.

Shuningdek, tadbir davomida Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi munosabati bilan chizilgan devoriy gazetalar tanlovi tashkil etildi, insholar tanlovi g’oliblari faxriy yorliq va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

Biz shunday buyuk bobokalonlarimizning vorislari ekanmiz hech qachon ularning nomiga gart yetkazmasdan, bizgacha yetib kelgan meroslarini asrab-avaylab, o`gitlariga amal qilgan holda mamlakatimiz rivojlanishiga o`z hissamizni qo`shishimiz kerak.

TTE va TL fakulteti talabasi

Bunyod Jumaniyazov