Olmaliq kon-metallurgiya kombinati xodimlari temiryo’lchi talabalar bilan uchrashdi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati institutda bitiruvchi-talaba yoshlarning ish bandligiga bag’ishlangan uchrashuv o‘tkazdi.

Iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan korxonalar faoliyati va joriy etilayotgan jahon andozalariga mos zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan yaqinroq tanishtirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasi bosh energetigi G‘.A. Djalilov hamda boshqarma kasaba uyushmasi raisi Tagaev N.X. 2017 yili institut bitiruvchilari yosh mutaxassis sifatida ishga qabul qilingani, kombinat faoliyati, xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, xodimlar dam olishi uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar xususida, shuningdek bo‘lajak temir yo‘lchilar harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari zarurligi haqida aytib o‘tildi.

Suhbat savol-javob shaklida olib borildi.