Mustaqillik me’mori

 

Toshkent temir yo’l muhandislari instituti akademik litseyi tomonidan     2018-yil 30-yanvar kuni institut kichik anjumanlar zalida O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik me’mori” mavzuida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashi, targ'ibot bo'limi rahbari N.A.Yo’ldosheva, tilshunos olima, filologiya fanlari nomzodi M.Mirzajonovalar ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil                     25-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-3404-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tadbir TTYMI akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’yicha prorektor A.A.Gulamov kirish so’zi bilan ochildi.

Tadbirda O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashi, targ'ibot bo'limi rahbari N.A.Yo’ldosheva “Milliy qadriyatlarimiz – xalqimizning jon tomiri” mavzusidagi, tilshunos olima, filologiya fanlari nomzodi M.Mirzajonova “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida sharqona tarbiya masalasi” mavzusidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. 

Shuningdek, tadbirda akademik litsey pedagog-xodimlari va o’quvchillar ham so’zga chiqib, mavzu yuzasidan o’zlarining fikrlarini bildirdi.