Insholar tanlovining g’oliblari aniqlandi

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab joriy yilning 26-27 yanvar kunlari o‘tkazilgan “Ozod va obod Vatanga baxshida umr”, “Islom Karimov asarlarining barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyati” mavzularida insholar tanlovi o’tkazildi.

Talaba-yoshlar o‘rtasida Birinchi yurtboshimizning ibratli hayoti, yurt ravnaqi va mamlakat kelajagi uchun har qanday to‘siq hamda qiyinchiliklarni yengib o‘tishdagi mardonavor sa’y-harakatlari natijasida erishilgan mustaqillikning naqadar bebaxo ne’mat ekanligini yoshlar ongiga singdirish, shuningdek ularda yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalikni asrab-avaylashga, daxldorlik hisini shakllantirish, darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ijodiy salohiyatini oshirish, o‘z aql-zakovatini namoyon etishga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazilgan tanlovda N.N. Turaev ikkinchi o‘rin, A. Umaraliev uchinchi o‘ringa loyiq deb topildi. E. Abdukamalov tanlov g’olibi bo’ldi.  G’oliblar faxriy yorliq va pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.