Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni !!!

Ayni kunlarda Respublikamiz bo‘ylab 14 - yanvar — Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilgan kun bayrami keng nishonlanmoqda. Jumladan, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti 13 yanvar kuni mirobod tumani Mudofaa ishlari bo‘limiga bayram munosabati bilan tashrif uyushtirishdi. Tashrif  davomida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor D.X. Baratov, “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Farrux Azimov, fakultet dekan muovinlari hamda talabalar Vatan himoyachilarni bayram bilan tabriklab, esdalik sovg‘alarini hadiya etishdi. Uchrashuv sermazmun va maroqli bo‘lib o‘tdi.