Yil Dasturiga taklif va loyihalar berilmoqda

Institut “Harakatlar strategiyasi” xonasida bir guruh professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida 2017-yil 25-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi, shuningdek, kelgusi yil Davlat dasturi loyihasiga taklif va loyihalar berishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda professor-o’qituvchilardan Avaz Boltayev, Abdulaziz Rahmonberdiyev va Tursunov Tohirlar tomonidan o’z taklif va loyihalari bildirildi.