Konstitutsiya – mamlakatimizdagi liberal demokratik islohotlarning asosi va garovi

Institut anjumanlar zalida tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal - demokratik partiyasi Siyosiy kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Toshkent shahar Kengashi a’zolari, jumladan “Ayollar qanoti” va “Yоshlar qanoti”, mafkura va deputatlik guruhlari mas’ullari ishtirokida “Konstitutsiya – mamlakatimizdagi liberal demokratik islohotlarning asosi va garovi” mavzuida davra suhbati uyushtirildi.

Unda “Konstitutsiya – inson huquqlarini himoyalash kafolati”, “Milliy qomusimiz: tarixiy tajriba va amaliyot”, “O‘zbekistonda siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari hamda ularning islohotlar jarayonidagi o‘rni va ishtiroki” nomli ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir so‘ngida mutaxassislar berilgan savollarga batafsil javob berdi.