Hech kim e’tibordan chetda qolmasin

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti kasaba uyushma qo‘mitasi va “Yoshlar ittifoqi” BT faollari tomonidan 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Mirobod tumanidagi 57-maxsus maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida talabalar o‘quvchilar bilan jonli muloqot uyushtirdi. Unda bosh qomusimiz va inson huquqlari, ilm-fan yutuqlari, unda yoshlarning o‘rni mavzularida suhbat uyushtirildi.

Tadbir so‘ngida maxsus maktabning faol o‘quvchilariga turli janrlardagi badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.