“Spring F.R.E.S.H.-2017” xalqaro ta’lim talabalar maydoni loyihasi

Har yili Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk shahrida “Xalqaro talabalar maydoni” (“Spring F.R.E.S.H.-2017”) festivali bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi festivalda O‘zbekiston Respublikasi nomidan Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining “Lokomotiv va lokomotiv xo‘jaligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi O.R. Xamedov, I bosqich magistratura talabasi U.R. Majidov hamda III bosqich talabasi I.I. Adhamovlar ishtirok etishdi. Joriy yilning 19 may kuni esa ular ishtirokida  Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Festival doirasida olingan tajriba va bilimlar, turli loyihalar talabalarga taqdimot shaklida namoyish etildi hamda talabalarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.