E'LON - “Shaxmat va shashka” sport turlari bo‘yicha musobaqa

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti kasaba uyushmasi tomonidan 2017 yil 27 may kuni  “1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag‘ishlab, xodimlarning 14 yoshgacha bo‘lgan farzandlari o‘rtasida sportning “Shaxmat va shashka” turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etiladi. Tadbir davomida sportning Shaxmat,  shashka  turlari bo‘yicha Jahon, Osiyo, O‘zbekiston turnirlarining yosh chempionlari bilan uchrashuv va bevosita muloqot ham uyushtiriladi.  Ushbu tadbirga barchani taklif etamiz.

ToshTYMI kasaba uyushma qo‘mitasi