“Milliy g‘oya” fanidan talabalar respublika fan olimpiadasining ikkinchi bosqichi

Joriy yilning 17-18 may kunlari Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 23 martdagi 162-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Milliy g‘oya” fanidan talabalar respublika fan olimpiadasining ikkinchi bosqichini tashkillashtirildi.

Olimpiadada 41 ta Oliy ta’lim muassasalarida, jumladan, Respublikamizning barcha viloyatlaridagi institut va universitetlari, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, Toshkent oliy harbiy texnika bilim yurti, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabi, TOUQBYU Chegara qo‘shinlari, Termiz davlat universiteti kabi muassasalarda taxsil olayotgan talabalar qatnashmoqdalar. Olimpiada to‘rt bosqichdan iborat bo‘lib, bugun 17 may kuni tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga yozma ish, test topshirig‘ini bajarish hamda ijodiy ish bosqichlari bo‘yicha talabalarning bilimlari tekshirildi. Olimpiada davomida talabalarning va 1-2 tur bosqichlaridan so‘ng madaniy hordiq chiqarishlari uchun institut muzeyiga tashrif uyushtirildi.

Olimpiadaning so‘nggi og‘zaki imtixon bosqichi 18 may kuni soat 9 dan 13 gacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shundan so‘ng esa barcha natijalar hisoblanib Olimpiada natijalarini e’lon qilish va g‘oliblarni aniqlash rejalashtirilgan.