Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti va Peterburg davlat temir yo‘l universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi

2017 yil 15 may kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida Peterburg davlat temir yo‘l universiteti rektori Panichev A.Yuboshchiligidagi delegatsiya hamda Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti rektori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ikki tomonlama uchrashuv doirasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzolandi. Ikki tomonlama hamkorlik asosida tomonlarning malakasini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilar, ilmiy va ma’muriy hodimlar tarkibini almashish; ilmiy ma’lumot va materiallarni, ilmiy-uslubiy adabiyotlarni, jumladan, o‘quv qo‘llanmalarni almashish; bakalavrlar, mutaxassislar, magistrlar va olimlarni tayyorlashda davlat standartlarini, o‘quv rejalashtirish dasturlarini almashish; bakalavrlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha talabalarning bitiruv malakaviy ishlarida, mutaxassislarni tayyorlash dasturi va magistrlik dissertatsiyalari bo‘yicha diplom loyiha ishlarida hamkorlikdagi rahbarligi; monografiya, darslik, ilmiy va metodik qo‘llanmalarni hamkorlikda ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari ikkala o‘quv muassasasining ilm-fan rivojiga xissa qo‘shuvchi ilmiy konferentsiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkillashtirish, o‘tkazish va qatnashish; integratsiyalashtirilgan magistrlik ta’lim dasturini tashkillashtirish; etakchi ma’ruzachi va qisqa muddatda(semmestrlik) malaka oshirishdagi istiqbolli yosh o‘qituvchilar yo‘nalishlari uchun akademik harakatchanlik dasturlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.